Линклар

Шошилинч хабар
04 ноябр 2024, Тошкент вақти: 14:06

O‘zbekistonda gaz qazib olish yanada qisqardi


Illyustrativ surat
Illyustrativ surat

O‘zbekistonda joriy yilning 9 oyi davomida gaz qazib olish hajmi 35,16 milliard kub metrni tashkil etdi. Shu tariqa mazkur ko‘rsatkich o‘tgan yilga nisbatan 1,67 milliard kub yoki 4,8 foizga qisqardi.

Statistika agentligi chop etgan 2024-yilning yanvar-sentyabr oylaridagi sanoat ishlab chiqarishiga doir ma’lumotlarga ko‘ra, gaz qazib olish qisqarishi manzarasida import hajmi oshib boryapti. 9 oy mobaynida mamlakat xorijdan 1 milliard 278 million dollarlik (o‘tgan yildan 3,6 barobar ko‘p) gaz sotib olgan.

Ichki qazib olish ko‘rsatkichi yomonlashib borayotgani ham gaz eksportini oshirishga to‘sqinlik qilmagan. Yil boshidan buyon eksport 16,5 foizga ko‘payib, 480 million dollarga yetgan.

Tahlillarga qaraganda, O‘zbekistonda gaz qazib olish hajmi yil sayin qisqarib bormoqda. 2022-yilda 51,67 milliard kub metr gaz qazib olingan bo‘lsa, 2023 yilda bu ko‘rsatkich 46,71 milliard kub metrga pasaygan.

Mahalliy ekspertlar mamlakatning gaz borasida Rossiyaga qaramligi ortishidan xavotir bildirib kelmoqda.

Avvalroq Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov Ustyurt mintaqasida geologiya-qidiruv ishlari kutilgan natija bermasa, gaz importi 2030-yilda 10-11 milliard kub metrga yetishini aytgandi.

XS
SM
MD
LG