Линклар

Шошилинч хабар
23 май 2025, Тошкент вақти: 23:24

O‘zbekistonda gazetalar soni 15 foizga qisqardi


Toshkent ko‘chalaridan biridagi gazeta do‘koni (arxiv surati)
Toshkent ko‘chalaridan biridagi gazeta do‘koni (arxiv surati)

O‘zbekistonda 2016-2024-yillarda ommaviy axborot vositalari (OAV) soni 1514 tadan 2349 taga ko‘paygani holda, gazetalar 691 tadan 600 taga (15 foiz) kamaygan.

“Gazeta.uz” xabariga ko‘ra, bu haqda Toshkentda bo‘lib o‘tgan “Xalqaro hamkorlik tashabbuslari haftaligi”da ma’lum qilingan.

Jurnallar 309 tadan 866 taga, telekanallar 65 tadan 89 taga, internet nashrlar 395 tadan 738 taga ortgan.

Sakkiz yil davomida 6 ta axborot agentligi faoliyat boshlagan. Faol blogerlar soni 50 nafardan 1200 nafarga yetgan, ammo gazetalar soni yil sayin kamaymoqda.

AOKA direktori Asadjon Xo‘jayev bu holatni bosma nashrlar raqobatga dosh bera olmayotgani bilan izohlagan.

Mulozimga ko‘ra, avvallari bosma nashrlarning aksari davlat tomonidan berilgan subsidiya hamda shartnomalar orqali chop etilgan. Hozirda esa axborot yetkazish ko‘proq raqamli texnologiyalar orqali amalga oshirilyapti. Elektron nashrlar esa bosma nashrlarga qaraganda kamxarjdir.

“Gazeta-jurnallarning o‘z o‘quvchilari bor, ular ma’lum miqdorda saqlanib qoladi va umuman yo‘q bo‘lib ketmaydi. Qisman elektron formatga o‘tishi mumkin, biroq baribir bosma nashrlar qisqaradi, bu dunyodagi umumiy tendensiya”, degan AOKA direktori.

Tahlilchilar bosma nashrlarning yopilishiga iqtisodiy-moliyaviy omillar qatori so‘z erkinligi holati ham muayyan ta’sirga ega ekanini aytib kelishadi.

XS
SM
MD
LG