Линклар

Шошилинч хабар
25 январ 2026, Тошкент вақти: 13:25

O‘zbekistonda import avtomobillar “3 oylik sinov”ga yo‘llanadi


Illyustrativ surat
Illyustrativ surat

Joriy yilning 1-noyabridan e’tiboran rasmiy dilerlar tomonidan O‘zbekiston hududiga olib kelinadigan xorij avtomashinalari Toshkent viloyati Piskent tumanidagi poligonda sinovdan o‘tkaziladi. Bu haqda “Gazeta.uz” nashri Texnik jihatdan tartibga solish agentligi matbuot xizmatidan olingan ma’lumotga tayangan holda xabar qildi.

Ushbu chora “xavfsizlik darajasini oshirish va mamlakatga olib kirilayotgan transport vositalarining sifatini yaxshilash” maqsadi bilan izohlangan.

Kafolatli dilerlar chet eldan mashina olib kelgan taqdirda Piskentdagi poligonda 3 oylik sinov amalga oshiriladi. Bizning yozimiz, qishimiz, kuzimiz bor. Mashinalarni 15 ming km yurdirib, muvofiqlik sertifikati beramiz. Bu talab kafolat nuqtayi nazaridan aytilmoqda”, deyilgan agentlik xabarnomasida.

Agentlik rahbari o‘rinbosari Odiljon Tohirov ushbu sinovlar “xalqaro darajada tan olingani”ni aytgan.

Ma’lum bo‘lishicha, mazkur talab o‘z ehtiyoji uchun xorijdan avtomobil olib kelayotgan shaxslarga tatbiq etilmaydi.

Ayrim tahlilchilar bu chora-tadbirni xorijdan avtomobil olib kiradigan tadbirkorlar faoliyatiga byurokratik to‘siq va xalqni tanlovdan mahrum etish, deb baholamoqda.

Bojxona qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, joriy yilning 9 oyi davomida xorijdan benzinda harakatlanadigan avtomobil keltirish 28 foizga kamaygan. Gibrid yengil avtomobillar importi 49 foizga (7650 tadan 11425 taga), elektromobillar importi 48 foizga (10 917 tadan 16 209 taga) ortgan.

XS
SM
MD
LG