Линклар

Шошилинч хабар
30 апрел 2025, Тошкент вақти: 08:39

O‘zbekistonda kiberxavfsizlik universiteti ochiladi


Illyustrativ surat
Illyustrativ surat

O‘zbekistonda Cyber university nomli davlat oliy ta’lim muassasasi tashkil etiladi. Prezident Shavkat Mirziyoyev 20-yanvar kuni imzolagan qarorda yangi OTMning vazifalari belgilab berilgan.

Raqamli texnologiyalar vazirligi matbuot xizmati qaydicha, Cyber university axborotni himoyalash, axborot va kiberxavfsizlik, raqamli texnologiyalar va raqamli iqtisodiyot, sun’iy intellektga asoslangan avtomatlashtirilgan axborot-tahliliy tizimlarni yaratish, robototexnika va boshqa turdosh sohalar bo‘yicha kadrlar tayyorlaydi.

Yangi universitetga raqamli texnologiyalar sohasida mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish, o‘quv-metodik adabiyotlarni yaratish, talabalar va mutaxassislarni jalb qilgan holda fundamental, ilmiy va amaliy tadqiqotlar olib borish vazifalari ham yuklangan.

Avvalroq O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov respublikada raqamli ma’lumotlar xavfsizligi himoyasini ta’minlash bo‘yicha kompleks dastur qabul qilinganini asoslar ekan, o‘n oy ichida 8 million kiberhujum aniqlanganini ma’lum qilgandi.

Ozodlik avval xabar qilganidek, O‘zbekiston sun’iy intellekt texnologiyalarini 2030-yilga qadar rivojlantirish strategiyasini qabul qildi. Unga muvofiq, mamlakat kelgusi olti yil ichida sun’iy intellekt asosida yaratilgan dasturiy mahsulotlar va ko‘rsatiladigan xizmatlar hajmini 1,5 milliard dollarga yetkazmoqchi.

XS
SM
MD
LG