Линклар

Шошилинч хабар
14 март 2026, Тошкент вақти: 11:48

O‘zbekistonda tug‘ilish kamayib, o‘lim ko‘paydi

Illyustrativ surat
Illyustrativ surat

O‘zbekistonda 2024-yil yanvar–sentyabr oylarida tug‘ilish ko‘rsatkichi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan kamaygan, o‘lim soni esa ortgan. Statistika agentligi e’lon qilgan raqamlar shundan dalolat beradi.

Agentlik qaydicha, to‘qqiz oy mobaynida mamlakatda 693,9 ming nafar chaqaloq tug‘ilgan. 2023-yilning mos davrida tug‘ilish 716,9 mingtani tashkil etgan.

Joriy yil yanvar–sentyabr oylarida respublika bo‘yicha 131,7 mingta o‘lim ro‘yxatga olingan. O‘tgan yilning 9 oyi mobaynida esa 129,7 ming kishi hayotdan ko‘z yumgandi.

Joriy yilning 1-oktyabr holatiga ko‘ra mamlakatning doimiy aholisi 37 million 355 ming kishidan oshgan. Bundan erkaklar 18,8 million, ayollar esa 18,5 million nafarni tashkil etgan.

Aholining 19 millioni shaharlardan, 18,3 millioni qishloqlardan qo‘nim topgan.

Aholi soni bo‘yicha Samarqand viloyati birinchi (4,3 million kishi), Sirdaryo viloyati esa (926,7 ming kishi) so‘nggi o‘rinni egallagan.

XS
SM
MD
LG