Линклар

Шошилинч хабар
13 июн 2021, Тошкент вақти: 13:27

O‘zbekistonga yopirilgan sel va suv toshqinlari: FVV qurbonlar va talafotni hisoblamoqda


Surxondaryo va Andijon viloyatlarida yuzlab xonadon suv ostida qolgan. Favqulodda vaziyatlar vazirligi.

Favqulodda vaziyatlar vazirligiga ko‘ra, 6 - may tunda kelgan sel va suv toshqinlari Surxondaryodagi yuzlab xonadonlarni suv ostida qoldirgan. Ayrim yo‘llarni butunlay ishdan chiqargan. Andijonda bir oilaning 2 nafar voyaga yetmagan farzandlari selda oqib ketib, nobud bo‘lgan.

“Viloyatning Sherobod va Qumqo‘rg‘on tumanlarida yoqqan kuchli yomg‘ir oqibatida sel oqimlari yuzaga keldi”, deyiladi xabarda.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, Sheroboddagi Qorabog‘ qishlog‘i va «Uchyog‘och», «Guliston», «G‘o‘rjak-2» mahalla fuqarolar yig‘inida joylashgan 16 ta, Qumqo‘rg‘on tumanidagi «Azlarsoy», «Bog‘aro» va «Elobod» mahalla fuqarolar yig‘inida joylashgan 340 ta aholi xonadonlari va tomorqasi suv ostida qolgan.

Mahalliy aholi esa ko‘pchilik ovullarning hatto elektr energiyasidan mahrum bo‘lgani haqida ijtimoiy tarmoqlarda yozishmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi 7 - may kuniga o‘tar kechasi Andijon viloyati Xonobod shahrining «Teyit» va «Xidirsha» MFYlarida kuchli sel oqibatida 700 dan ortiq xonadonlarni suv bosgani haqida ma’lum qildi.

«Yog‘ingarchilik sababli Qirg‘iz kanalining toshishi oqibatida bir oilaning 2 nafar voyaga yetmagan 2013 va 2018 - yilda tug‘ilgan farzandlari selda oqib ketib, vafot etgan», — deyiladi xabarda.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi Namanganning Pop, Kosonsoy va Chust tumanlari aholisi ham suv toshqinlaridan jiddiy zarar ko‘rgani haqida xabar qilmoqda. Ma’lum bo‘lishicha, Pop tumani hududidan o‘tuvchi 4P-125 Namangan—Toshkent avtomobil yo‘lining 15-16 kilometrida yo‘l yoqasining yuvilishi, Angren—Pop elektrlashtirilgan temir yo‘lining 103—106 kilometrida temir yo‘l tarmog‘ining taxminan 3 metr qismida tuproq massasining yuvilishi ro‘y bergan.

Samarqanddan ham vahimali xabarlar bor, deydi Ozodlikning mobil muxbirlari. Kuchli yomg‘ir sababli 373-sonli Toshkent-Samarqand-Termiz-Kobul avtomagistralining Jomboy tumani hududidan o‘tuvchi qismida yo‘l o‘pirilishlari sodir bo‘lgan. Shuningdek, avtomagistraldagi Damas atomobili soyga qulab ketgan va qurbonlar bor.

«Hozirda mahalliy hokimliklar hamda Favqulodda vaziyatlar, Ichki ishlar, Milliy gvardiya, Transport, Energetika vazirliklarining kuch va vositalarini jalb qilgan holda tabiiy ofat oqibatlari bartaraf etish ishlari olib borilmoqda», — deyiladi FVV xabarida.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi
Favqulodda vaziyatlar vazirligi

XS
SM
MD
LG