Линклар

Шошилинч хабар
05 декабр 2024, Тошкент вақти: 06:11

“O‘zbekkonsert” san’atkorlarni ogohlantirdi


Illyustrativ surat
Illyustrativ surat

“O‘zbekkonsert” davlat muassasasi mamlakatdan tashqarida ogohlantirishsiz konsert o‘tkazadigan san’atkorlarning litsenziyasi muddatidan oldin to‘xtatilishini ma’lum qildi.

Bunga “Madaniy faoliyat va madaniyat tashkilotlari to‘g‘risida”gi qonun asos sifatida ko‘rsatilgan. Mazkur qonunning 21-moddasiga ko‘ra, “O‘zbekkonsert” DM O‘zbekistondan tashqarida konsert-tomosha tadbirlarini amalga oshirish to‘g‘risida yozma ravishda xabardor qilinishi kerak. Bu talabga rioya qilmaslik litsenziya talablarini qo‘pol ravishda buzish deb malakalanadi.

Bugungi kunda ushbu talablarga rioya qilmay xorijda konsert dasturlarini rejalashtirib o‘tkazayotgan xonandalar yo‘q emas”, deb hisoblaydi “O‘zbekkonsert”.

Joriy yil 20-sentyabr kuni Vazirlar Mahkamasining ommaviy tadbir o‘tkazish uchun ruxsat olish tartibiga o‘zgartirishlar kiritishga doir qarori loyihasini muhokama uchun e’lon qilingandi. Ushbu hujjat bilan “O‘zbekkonsert” DMga konsert-ko‘ngilochar tadbirlarning “aniq ssenariysini batafsil taqdim etish” talabi ham joriy etilmoqda.

“O‘zbekkonsert” so‘nggi yillarda mamlakatda faoliyati eng ko‘p tanqid qilinadigan tashkilotlardan biriga aylangan. Bunga tashkilotning san’atkorlar faoliyati ustidan o‘ta qattiq nazorat o‘rnatgani sabab bo‘lgan. Tashkilot gohida ijod erkinligiga ham daxl etishi iddao qilinadi.

XS
SM
MD
LG