O‘zbekistonning tog‘oldi va tog‘li hududlarida 17-19-iyun kunlari kutilayotgan kuchli yog‘in-sochin sel-suv toshqini hodisalarining yuzaga kelishiga sabab bo‘lishi mumkin. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati agentligi ma’lumot tarqatdi.
“O‘zgidromet” ogohlantiruviga ko‘ra, sel hodisalari Qashqadaryo viloyatining Yakkabog‘, Dehqonobod, Chiroqchi, Kitob, Shahrisabz, Qamashi, G‘uzor tumanlari, Surxondaryo viloyatining Sariosiyo, Uzun, Oltinsoy, Denov, Boysun, Sherobod, Sho‘rchi, Qumqo‘rg‘on, Muzrobot tumanlari, Samarqand viloyatining Urgut, Samarqand, Bulung‘ur, Nurobod, Qo‘shrabot, Kattaqo‘rg‘on, Payariq, Jomboy, Ishtixon tumanlari, Navoiy viloyatining Xatirchi, Navbahor, Nurota, Konimex, Karmana tumanlari, Jizzax viloyatining Zomin, Baxmal, G‘allaorol, Sharof Rashidov, Forish, Yangiobod tumanlari, Toshkent viloyatining Ohangaron, Bo‘stonliq, Parkent, Piskent, O‘rtachirchiq, Yuqorichirchiq tumanlari va Angren, Olmaliq shaharlari, Namangan viloyatining Pop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan, Yangiqo‘rg‘on tumanlari, Farg‘ona viloyatining So‘x, Shohimardon, Farg‘ona, Beshariq tumanlari, Andijon viloyatining Andijon, Asaka, Jalaquduq, Qo‘rg‘ontepa, Paxtaobod, Izboskan, Xo‘jaobod, Marhamat tumanlari hamda Xonobod shahrida kuzatilishi ehtimoldan holi emas.
Meteorologlar tog‘oldi va tog‘li hududlarda istiqomat qiluvchi aholini hamda bu hududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan toshqin ehtimoliga qarshi ehtiyotkorlik choralarini ko‘rish haqida ogohlantirishgan.
“Respublika hududi bo‘yicha yomg‘ir suvlari to‘planishi ehtimoli bor, bu esa hududlarni suv bosishiga olib kelishi mumkin”, deyilgan “O‘zgidromet” xabarnomasida.