Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 04:18

Olmaotada siyosiy islohotlar talabi bilan norozilik aksiyasi bo‘lib o‘tdi (VIDEO)


Olmaotadagi namoyish payti. 31 - oktabr. 2020 -yil
Olmaotadagi namoyish payti. 31 - oktabr. 2020 -yil

31 - oktabr kuni Qozog‘istonning eng yirik shahri Olmaotada yuzlab huquq faollari siyosiy islohotlar o‘tkazilishini hamda siyosiy ta’qiblar to‘xtatilishini talab qilib norozilik aksiyasini o‘tkazdi.

Xabarlarga ko‘ra, rasmiy ruxsat berilgan rallida 300 ga yaqin odam qatnashgan.

Norozilik rallisi Olmaota shahrining Cho‘qon Valixonov nomidagi parkida bo‘lib o‘tgan.

Олмаотада юзлаб фаол норозилик акциясига чиқди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:01:14 0:00

Oy boshida kutilmaganda Olmaota rasmiylari norozilik aksiyasini o‘tkazishga ruxsat bergan edi.

12 - oktabr kuni taniqli huquq faollari Baqitjan Toreg‘ojina hamda G‘alim Ageleuovlar aksiya o‘tkazilishiga rasmiy ruxsat berilganini ma’lum qilgan edilar.

Undan oldin shahar rasmiylari ikki marta rad javobini bergan.

Rasmiylarning pozitsiyasi nima sababdan o‘zgargani noma’lum bo‘lib qolmoqda.

Ageleuov bundan oldin ikki marta shahar rasmiylariga ralli o‘tkazish uchun ruxsat so‘rab murojaat qilganini, ammo rad javobini olganini so‘zlab berdi.

Ageleuovning so‘zlariga ko‘ra, aksiya mamlakatda ekstremistik tashkilot o‘laroq man etilgan ikki partiya – «Qozog‘iston demokratik tanlovi» partiyasi hamda «Koshe» (ko‘cha) partiyalari qo‘llovi bilan o‘tkazilgan.

«Qozog‘iston Demokratik tanlovi» partiyasiga tadbirkor Muxtor Ablyazov asos solgan. Siyosiy tazyiqlar ortidan mamlakatni tark etgan Ablyazov Internet orqali tez-tez norozilik aksiyalarini uyushtirib turadi.

Ayni damda Fransiyada yashayotgan Ablyazovga 5 milliard dollarga yaqin mablag‘ni yuvish ayblovi qo‘yilgan. Siyosatchining o‘zi va uning tarafdorlari bu ayblovni rad etib keladi.

Aksiya tashkilotchilarining so‘zlariga ko‘ra, olomon yig‘ilishidan oldin fuqarolik kiyimidagi huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari aksiya bo‘lib o‘tadigan hudud atrofini o‘rab olib, sodir bo‘layotgan voqealarni yaqindan kuzatishgan.

Miting ishtirokchilaridan ijtimoiy masofani saqlash va bo‘r bilan chizilgan belgilar ustida turish so‘ralgan.

Aksiya qatnashchilari uchun yuk mashinasi platformasi minbar xizmatini o‘tadi. Aksiya davomida Toreg‘ojina va Ageleuov bilan bir qatorda iqtisodchi Ayman Turqinqan ham nutq so‘zladi.

Turqinqan Qozog‘iston islohotlarga muhtoj ekanligini, aks holda mamlakat iqtisodi inqirozga yuz tutishini aytdi.

Miting o‘z yakuniga yetganidan keyin, minbarga ayollar kiyimi va parik kiyib olgan shaxs yaqinlashdi. U qamoqdagi transgender mahbus Viktoriya Berikxo‘jayevani qo‘llab-quvvatlash uchun kelganini aytdi. Bir necha odam zudlik bilan unga hujum qilib, do‘pposladi. Aksiya tashkilotchilari yordamga kelib, uni olomon ichidan xavfsiz joyga olib ketishga urindilar.

Qozog‘istonda hukumat siyosatini tanqid qilib o‘tkaziladigan norozilik aksiyalariga kamdan-kam holatlarda rasmiy ruxsat beriladi.

Mamlakat qonunchiligiga binoan, har qanday ommaviy tadbirni o‘tkazish uchun avval mahalliy rasmiylardan ruxsat olish kerak.

Qozog‘istondagi va xorijdagi tanqidchilar ushbu qonun aholining konstitutsion huquqlarini buzishini aytib keladilar.

XS
SM
MD
LG