Линклар

Шошилинч хабар
13 декабр 2024, Тошкент вақти: 10:19

Ombudsman maoshsiz qolgan mahkumlarga ko‘maklashmoqchi


Zangiotadagi koloniya. Illyustrativ surat.
Zangiotadagi koloniya. Illyustrativ surat.

Toshkent viloyati Zangiota tumanida joylashgan 42-sonli manzil-koloniya mahkumlariga oylik maosh vaqtida to‘lanmayotgani tasdiqlandi, deb xabar berdi Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman).

Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda koloniya mahkumlari kuniga 12 soat mehnatga jalb qilingani holda ish haqini berish paysalga solinayotgani haqida xabarlar tarqalgandi.

Қийноққа тутилганини иддао қилган маҳкум ўз баданини тилиб ташлади
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:02:32 0:00

Ombudsmanning aniqlashicha, 42-sonli manzil-koloniya hamda “Health line” korxonasi o‘rtasida tuzilgan shartnoma asosida 262 nafar mahkum mehnatga jalb etilgan.

Korxonada ishlar ikki smenada tashkil etilgan bo‘lib, mahkumlarning oylik maoshi 1 mln so‘mdan iborat. Mahkumlarga oxirgi marta iyul oyi uchun maosh to‘langan.

Ombudsman holat yuzasidan Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Jazoni ijro etish departamentiga ta’sir chorasi kiritilishini ma’lum qilgan.

Avvalroq Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qo‘ng‘irot tumanidagi 27-sonli manzil-koloniya mahkumlari maoshsiz qoldirilgani aniqlangandi.

XS
SM
MD
LG