Линклар

Шошилинч хабар
26 май 2022, Тошкент вақти: 14:13

"Ota-onalar jim". Rossiya maktablarida urush propagandasi


Kaliningrad markazidagi Z belgisi tushirilgan "Yunost" sport markazi binosi.

Moskvaning Ukrainaga qarshi urushi rus maktablarida tobora ko‘proq targ‘ib qilinmoqda. Maktab o‘quvchilari va maktabgacha yoshdagi bolalar bosqinni qo‘llab-quvvatlovchi ommaviy namoyishlarga jalb qilingan.

Rossiya bosqinining norasmiy ramziga aylangan va urush tanqidchilari tomonidan "zvastika" deb qoralangan lotincha Z harfi maktab eshiklari va derazalarida paydo bo‘ldi. Ijtimoiy tarmoqlarda o‘quvchilarning Ukrainadagi rus askarlariga yozgan maktublari suratlari tarqaldi.

Mart oyi o‘rtalarida Kareliyaning Elinsenvaara shahridagi talabalar Ukrainaning Qrim viloyati qo‘shib olganining sakkiz yilligini nishonlash uchun Rossiya bayroqlarini ushlagancha Z belgisi ko‘rinishida saf tortishgan.

"Bolalar bayroq bilan turishi yomonmi? Bu fashistik svastika emas. Ha, bu armiyani qo‘llab-quvvatlash, lekin men armiyani qo‘llab-quvvatlashimiz kerak deb o‘ylayman. Biz vatanparvarlarni tarbiyalashimiz kerak”, deydi maktab direktori.

23-mart kuni Irkutsk viloyatining Maysk qishlog‘ida o‘quvchilar va maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilari “Biz o‘zimiznikini tashlab ketmaymiz” deb nomlangan “flesh-mob”da qorda yurayotgani tasvirlari paydo bo‘ldi.

“Bunday murakkab davrda butun yurtimiz aholisi uchun eng asosiysi – hamjihat va matonatli xalq bo‘lish, birdam bo‘lish, har kuni qahramonlik va kuch-qudrat ko‘rsatayotgan yurtdoshlarimizni, askarlarimizni tashlab qo‘ymaslikdir”, deb yozgan Omsk viloyatidagi Glinkino qishlog‘i ma’muriyati.

Sankt-Peterburgda "Yagona Rossiya" partiyasining mahalliy deputati talabalarga "prezident va Rossiya armiyasining harakatlarini qo‘llab-quvvatlash" va "Rossiyaga qarshi axborot urushi haqida" ma’ruza qildi.

Mart oyida Kareliyaning Elinsenvaara shahridagi talabalar Qrim qo‘shib olinishining sakkiz yilligini nishonlash uchun Z belgisi ko‘rinishida qorda safga tizilgan.
Mart oyida Kareliyaning Elinsenvaara shahridagi talabalar Qrim qo‘shib olinishining sakkiz yilligini nishonlash uchun Z belgisi ko‘rinishida qorda safga tizilgan.

Kaliningrad shahridagi 1-maktab o‘quvchilariga Ukrainaning Odessa, Lugansk va Donetsk shaharlari; Moldovaning Dnestr viloyati va AQShning Alyaska shtati “rus yerlari” degan mazmundagi qo‘shiq o‘rgatilgan.

Qo‘shiq matni "biz o‘zgalarnikini olmaymiz, lekin o‘zimiznikini qaytarib olamiz", deb boshlanadi. “Biz bilamiz, eslaymiz, unutmaymiz va mamlakatimizni Alyaskadan Kremlgacha himoya qilamiz."

Ayrim tahlilchilarning aytishicha, Rossiya prezidenti Vladimir Putin 9-may kuni bo‘lib o‘tadigan an’anaviy G‘alaba paradida Ukrainada g‘alaba qozongani haqida e’lon qilmoqchi.

Butun shahar maktablari o‘quvchilari Ukrainadagi rus askarlariga xat yozishga majburlangan.

Kaliningrad viloyatining Baltiysk shahrida ishlaydigan va shaxsini oshkor qilmaslikni so‘ragan o‘qituvchilardan biri o‘z o‘quvchilaridan loyihada qatnashishni so‘rashdan bosh tortganini aytdi.

"Men "maxsus operatsiya"ni qo‘llab-quvvatlayman . O‘z mamlakatimni qo‘llab-quvvatlayman. Lekin men bu topshiriqlarni o‘quvchilarimga bermayman. Men ikkiyuzlamachilikni yoqtirmayman. Menimcha, bolalar bunday murakkab masalalarda hali to‘g‘ri xulosa chiqara olmaydi. Aslida, aksariyat katta yoshdagilar ham shunday”.

Sankt-Peterburg munitsipal deputati Valeriy Bovar ota-onalarga maktab direktorlaridan o‘z farzandlarini "Ukraina suveren davlati hududida maxsus harbiy operatsiya paytida qurolli kuchlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan tadbirlarda qatnashishdan" ozod qilishni so‘rash uchun ariza namunasini tarqatdi. Xat matnida bunday namoyishlar konstitutsiya, ta’lim hamda shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish to‘g‘risidagi qonunni buzishi bayon etilgan.

G‘arbiy Pskov shahrida mahalliy tez tibbiy yordam shifokori Ivan Vasilyev viloyat gubernatoridan 5‑ va 10‑sinf o‘quvchilari uchun majburiy “asosiy harbiy tayyorgarlik”ni joriy etishni so‘radi. Vasilyev o‘z maktubida Pskov viloyati “ikki NATO davlati” – Estoniya va Latviya bilan chegaradoshligini va mintaqa “Rossiyaning NATO bilan chegaradagi forposti” ekanligini ta’kidlagan.

Pskov viloyati gubernatori Mixail Vedernikov Vasilyevning taklifi ko‘rib chiqilishini aytgan.

XS
SM
MD
LG