Линклар

Шошилинч хабар
28 июл 2021, Тошкент вақти: 09:10

Oyliklar qisqarganidan norozi “Indorama Agro” ishchilari "betonka"da velonamoyish uyushtirdi (VIDEO)


Sirdaryoda “Indorama Agro” MChJ suvchilari oyliklari qisqarib ketganiga norozilik bildirib, velosipedda yurish qildi.

Sirdaryoda “Indorama Agro” MChJning o‘nlab ishchisi oyliklari qisqarib ketgani, mehnat qonunchiligi buzilayotganiga norozilik billdirib, velosipedda yurish qildi.

Ozodlikning aniqlashicha, voqea 20 - may kuni Sirdaryo viloyatining Sardoba tumanida, Jizzax-Guliston avtomagistral yo‘lida bo‘lgan.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoda o‘nlab velosipedchi avtomagistral yo‘lda mashinalar qatnoviga halaqit qilgan xolda harakatlanayotgani ko‘rinadi.

Mashina haydovchilaridan biri yo‘lda velosipedda ketayotgan norozilardan birini savolga tutar ekan “nima bo‘lyapti?”, deb so‘raydi.

“Indoramani suvchilari, rabochiylari ish tashlashyapti. Oylik kamligi uchun. Oylik 1 yarim million, qoplamayapti hech narsani”, - javob qiladi velosipedda yurishga chiqqan norozilardan biri.

Haydovchi “bizda ayb nima unda?” der ekan, norozi ishchi “sizlarda ayb yo‘q, amaldorlarni jalb qilish uchun chiqdik", deya javob qiladi.

"Odamlarni bir tiyinga olmaydi"

Ozodlik muxbiri velonamoyishga chiqqan ishchilardan biri bilan suhbatlashdi.

Ismi ochiqlanmasligini so‘ragan ishchiga ko‘ra, norozilik aksiyasi ortidan "Indorama Agro" MChJ rahbariyati oyliklarni 2 million so‘mga chiqarishni va ba’zi imtiyozlarni va’da qilgan.

“Bugun yuzga yaqin ishchi, ular orasida suvchilar, oddiy ishchilar Sardobaning Istiqlol hududidan o‘tuvchi Jizzax-Guliston yo‘lida velosipedda yurish qildik. Sababi ish ob’yomi bo‘yicha haq to‘lash boshlanganidan keyin, oyligimiz tushib ketdi. Bir million ham oylik olmaganlar bo‘ldi. Indorama odamlarni bir tiyinga olmaydi. Oldin oylik edi. Bug‘doy berardi. Indoramada bu narsa yo‘q. Hozir mana bu chiqishimizdan keyin rahbariyat biz bilan uchrashib, Singapur bilan oyligimizni 2 millionga chiqarish bo‘yicha peregovor ketayotgani, paxtadan bo‘shagan yerlarni dehqonlarga berib turish masalasi ham ko‘rib chiqilayotganini aytdi. Oldin shunaqa edi-da”, - dedi ismi ochiqlanmasligini so‘ragan “Indorama Agro” MChJ ishchisi.

Singapurdagi Indorama guruhining mahalliy sho‘’basi hisoblangan “Indorama Agro” MChJ Sirdaryoning Oqoltin va Sardoba tumanlarida paxtachilikni rivojlantirish maqsadida o‘tgan yil ish boshlagan.

Bu tumanlarda 24 ming gektar paxta va bug‘doy yeri shirkatga 49 yilllik ijaraga berilgan. Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki xulosasiga ko‘ra¸ 70 million dollarlik ushbu loyiha O‘zbekistonda “paxtani yetishtirishning samarali usullarini joriy etish va qishloq xo‘jaligida mehnat unumdorligi hamda ish haqini oshirishdan iborat”.

Ozodlik ishchilari noroziligi yuzasidan “Indorama Agro” MChJdan izoh ololmadi. Shirkat Ozodlikning bundan oldingi murojaatlarini javobsiz qoldirgan edi.

Shu yil boshida Ozodlik shirkatda ommaviy qisqartirish boshlanib, Oqoltin va Sardoba tumanlaridagi yuzlab sobiq fermer va pudratchi dehqon ish va daromad manbaidan ajralish tahdidi ostida qolgani haqida xabar bergan edi.

Ozodlik suhbatlashgan ishchilar Indorama Agro O‘zbekiston mehnat qonunlarini buzayotgani, o‘ziga berilgan yerlarda ishlab kelgan fermer va dehqonlarni jazirama issiq va qattiq sovuqda “quldek ishlatayotgani"ni da’vo qilganlar.

O‘zbekistondagi ilk mustaqil kasaba uyushmasi

Ikki oy avval Sirdaryo viloyat, Sardoba tumanidagi Indorama Agro MChJ ishchi-xizmatchilari mustaqil kasaba uyushmasi Ta’sis qurultoyini o‘tkazishgan.

Ўзбекистон тарихидаги илк мустақил касаба уюшмаси фонар ëруғида тузилди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:06:29 0:00

500 dan ortiq xodimni o‘zida birlashtirgan "Xalq birligi” O‘zbekiston tarixidagi ilk mustaqil kasaba uyushmasi bo‘lgan.

Ozodlik bilan suhbatda bo‘lgan faollar mustaqil kasaba uyushmasi tuzish g‘oyasi ishchilarning o‘z huquq va erkinliklarini himoya qilish ehtiyojidan kelib chiqqanligini aytishgandi.

"Indorama Agro" shirkatida suvchi bo‘lib ishlovchi Nasiba Uskanova klasterga o‘tilganidan keyin haq-huquqi poymol qilingani, yangi tuzilgan kasaba uyushmasi uning huquqlarini himoya qilishiga ishonishini ta’kidlagandi.

Faollar bir oy o‘tar-o‘tmas, uyushmaga a’zo bo‘lgan ishchilar – sobiq fermerlarga mahalliy rasmiylar ishdan bo‘shatish, ularda qolgan bir qism yerni olib qo‘yish bilan tahdid qilinganini aytishgan.

Noroziliklar

O‘zbekiston xususiy sektor korxonalarida oylik maoshlarni vaqtida yoki to‘liq bermaslik surunkali muammoga aylangan.

Ishchilar maoshlar kamligi yoki o‘z vaqtida ololmagani uchun noroziliklar bundan oldin ham bo‘lgan.

O‘zbekistondagi eng yirik neft va gaz kompaniyalaridan biri “Jizzax petroleum” MChJ (Jizzakh Petroleum) ishchilari maoshlari ikki baravar qisqartirilganiga norozilik bildirib, ish tashlash qilgan.

"Жиззах Петролеум" ходимлари иш ташлаш учун йиғилди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:32:24 0:00

Maoshlarning vaqtida berilmasligi o‘tgan yil oktabrida Qashqadaryoning G‘uzor tumanidagi Uzbekistan GTL zavodi qurilishida mehnat qilayotgan ishchilarning ommaviy ish tashlashi va tartibsizliklarga sabab bo‘lgan edi.

XS
SM
MD
LG