Линклар

Шошилинч хабар
23 апрел 2024, Тошкент вақти: 12:02

O‘zbekiston: Meva narxlarining qimmatligiga  eksportchilar sababchimi?


O‘zbekiston dehqon bozorlarida bu yil meva taqchil. Gilos, ertagi olma, shaftoli, o‘rik bozorda o‘tgan yilgi ayni mavsumdagi narxdan qariyb ikki baravar qimmat. 
O‘zbekiston dehqon bozorlarida bu yil meva taqchil. Gilos, ertagi olma, shaftoli, o‘rik bozorda o‘tgan yilgi ayni mavsumdagi narxdan qariyb ikki baravar qimmat. 

O‘zbekiston dehqon bozorlarida bu yil meva taqchil. Gilos, ertagi olma, shaftoli, o‘rik bozorda o‘tgan yilgi ayni mavsumdagi narxdan qariyb ikki baravar qimmat.

Bu yil meva kamligi bois quritilgan mevalar narxi ham sezilarli darajada ko‘tarilgan.

Ozodlik suhbatlashgan mahalliy iste’molchilar O‘zbekistonning o‘zida yetishtiriladigan meva-savbzavot narxlarining oshib ketishida eksportchilarni ayblashadi.

“Gilosning kilosi 40 ming so‘mdan tepada. O‘rik bozorda yo‘q hisob. Shaftoli ham bu yil tanqis. Hammasini eksportchilar ko‘tarasiga olib, chetga chiqaryapti, o‘zimizga chirigani qolyapti, narxlari osmonda”, - deydi toshkentlik Akmal.

Ba’zi mutaxassislar esa bu yil sovuq tufayli meva yetishtirish hajmi kamayganini aytishadi. Ularga ko‘ra, mart oyining oxiri va aprel oyi boshidagi sovuq havo bog‘dorchilikka qattiq zarba bergan.

O‘zbekiston dehqon bozorlarida piyoz, kartoshka, bodring, pomidor narxlari ham so‘nggi ikki haftada 25 foizga qimmatladi.

“East Fruit” tahliliy markaziga ko‘ra, O‘zbekistonda meva narxlari MDH va boshqa davlatlardagiga qaraganda bir necha baravar qimmat.
“East Fruit” tahliliy markaziga ko‘ra, O‘zbekistonda meva narxlari MDH va boshqa davlatlardagiga qaraganda bir necha baravar qimmat.

Ayni paytda Davlat statistika qo‘mitasi so‘nggi besh oyda meva eksporti 2 foizga oshgani haqida hisobot berdi.

Qo‘mitaga ko‘ra, so‘nggi to‘rt oyda 200 million dollardan ziyod qiymatdagi meva chetga eksport qilingan.

Mamlakatda yiliga 20 million tonnaga yaqin meva yetishtiriladi. Aholi tomorqalarida yetishtirilganlari ham qo‘shib hisoblansa bu raqam undan ham ko‘p.

O‘zbekiston bir yilda o‘rtacha 1 million tonnaga yaqin meva va sabzavotni chetga eksport qiladi. Norasmiy kanallar orqali ham Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiyaga har yili meva chiqadi.

Toshkentdagi “GardenCells” shirkati uch yildan buyon dunyoning o‘ttizdan ortiq davlatiga O‘zbekistonda yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksport qilib keladi.

Shirkat bosh menejeri Mirzohid Niyozov Ozodlik bilan suhbatda bu yilgi qimmatchilikka eksportchilar sababchi bo‘layotgani haqidagi farazlarni rad etdi.

Uning aytishicha, meva narxlari yuqori bo‘lishining asosiy sababi ob-havoning noqulay kelganidir.

“O‘rik bu yil yaxshi emas. O‘rik yaxshi bo‘lmaganidan keyin bargak turshak ham yaxshi bo‘lmaydi. Ketma-ket sovuq urib ketdi. Hozir shaftoli chiqyapti, hosil yomon emasu, lekin qimmat. Bu narxda biz uni chetga eksport qilolmaymiz. Fermerlar negadir tashqi bozor omilini hamjihatlik bilan mutanosib olib bormaydi. O‘z kayfiyatiga qarab narxni belgilaydi. Bu yaxshi emas.

Eksportchilar, bilasiz, asosan yaxshi, sifatli mahsulotni eksport qiladi. Xalqbop mahsulotni eksport qilmaydi, uning sifati chetda o‘tmaydi. Shuning uchun eksport ichki bozordagi narxga ta’sir qilyapti, degan gaplarga jiddiy qaramayman. Mening kuzatuvim-vahima sabab bo‘lyapti”, - deydi Mirzohid Niyozov.

Toshkentdagi “GardenCells” shirkati bosh menejeri Mirzohid Niyozov.
Toshkentdagi “GardenCells” shirkati bosh menejeri Mirzohid Niyozov.

“Chirigan eksport tizimi”

Shveysariyada yashovchi tadbirkor Gavhar Ueybl uch yildan beri Markaziy Osiyo davlatlaridan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini Yevropaga import qilish bilan shug‘ullanib keladi.

Uning iddaosicha, meva-sabzavot eksporti O‘zbekistonda hukumatga yaqin odamlar qo‘lida.

“Hammasi korrupsiya, hammasi bir zanjir bu. O‘zbekistondagi oddiy ishlab chiqaruvchi bizga pryamoy yuborolmaydi. Kamida besh-oltita odam, tepaga yaqin odamlarni qo‘lida bu. Mahalliy hokimliklardan tortib chet davlatlardagi elchixona, konsulxonalar ham aralashib ketgan bu biznesga. Butun bir zanjir, chirigan tizim. O‘zbekistonda 20 sentlik qovun shu qo‘llardan o‘tib bizga 1 dollar 20 sent narxda keladi. Hammasining ulushi bor. Shunday ekan, O‘zbekistonning o‘zida meva-sabzavot taqchil, deb o‘tirishmaydi”, - deydi tadbirkor.

Swiss Controls Weibel shirkati asoschisi Gavhar Ueybl ikki yil avval O‘zbekistonning Germaniya va Belgiyadagi elchixonalarini o‘zini “chuv tushirganlik”da ayblab chiqqandi.

Swiss Controls Weibel shirkati asoschisi Gavhar Ueybl ikki yil avval o‘zbekistonlik eksportchilar o‘zini “chuv tushirganlik”da ayblab chiqqandi.
Swiss Controls Weibel shirkati asoschisi Gavhar Ueybl ikki yil avval o‘zbekistonlik eksportchilar o‘zini “chuv tushirganlik”da ayblab chiqqandi.

U O‘zbekistonda yetishtirilgan anor va qovunga buyurtma bergan, ammo 10 tonnadan ortiq chiqindiga chiqariladigan mahsulotlar qabul qilib olgan.

“Men jo‘natilgan mevalar chirigan, deb o‘ylasam meva eksport tizimi chirib bo‘lgan ekan. Germaniyadagi o‘zbek konsulligida ishlaydigan xodimni ishdan oldirtirdim, Belgiyadagi o‘zbek konsulligida ishlaydigan xodimni ham ishdan oldirtirdim. Bular meni 10 ming dollardan ko‘proqqa chuv tushirishdi. Janjallashib, bu gap prezident qulog‘iga yetib borganidan keyin 7 ming dollarni o‘zlari qaytarib berishdi”, - deydi Gavhar Ueybl.

Shveysariyalik tadbirkor O‘zbekistondan anor va qovunga buyurtma bergan, ammo 10 tonnadan ortiq chiqindi olgan.
Shveysariyalik tadbirkor O‘zbekistondan anor va qovunga buyurtma bergan, ammo 10 tonnadan ortiq chiqindi olgan.

2021-yil avgustida Ozodlik surishtiruvi davomida O‘zbekiston prezidentining kuyovi Otabek Umarovning 35 yashar ukasi Oybek Umarov chetga quruq meva eksport qiluvchi shirkat hissadori ekani o‘rtaga chiqqandi.

O‘zbekistondagi kompaniyalar ochiq reestridan olingan ma’lumotga ko‘ra¸2016-yil 11- mayda Surxondaryoda 242 437 500 000,00 so‘m (qariyb 84 million AQSh dollari) ga teng ustav fondi bilan ro‘yxatga olingan GOLD DRIED FRUITS EXPORT MChJning 22.90 foiz aksiyalari egasidir.

O‘zbekistondan eksport qilinadigan quruq meva eksportining qancha miqdori GOLD DRIED FRUITS EXPORT MChJ hissasiga to‘g‘ri kelishi ma’lum emas.

Tiklanish va Taraqqiyot jamg‘armasi hammuassisi bo‘lgan O‘zbek-Oman investitsiya kompaniyasi ochiq manbalardan topilgan ma’lumotlarga ko‘ra¸ Oybek Umarov mulkdori bo‘lgan Gold Dried Fruits Export MChJga 25 million¸ Binokor temir-beton servis MChJga qariyb 19,5 million dollar mablag‘ kiritgan.

Urush sabab o‘zbek mevasining Yevropa bozoriga kelishi qiyinlashdi

O‘zbekistonda yetishtirilgan meva va sabzavotlarning asosiy haridori MDH davlatlari, jumladan Qozog‘iston va Rossiya bo‘lib qolmoqda. O‘zbekiston joriy yilning to‘rt oyida 200 million dollarlik meva eksport qilgan bo‘lsa, eng yuqori ko‘rsatkich Qozog‘iston (19,8%), Rossiya (19,3%), Xitoy (15,1%), Pokiston (9,6%) hamda Qirg‘iziston (8,3%) hissasiga to‘g‘ri kelgan. Meva MDH davlatlariga yashrin kanallar orqali ham chiqarilishi bois eksport hajmi bundan ham ko‘p bo‘lishi mumkin.

Markaziy Osiyo davlatlaridan qishloq-xo‘jaligi mahsulotlarini Yevropaga import qilish bilan shug‘ullanadigan Shveysariyada yashovchi tadbirkor Gavhar Ueyblning Ozodlikka aytishicha, Ukrainaga Rossiya bosqini va Rossiya hamda Belarusga qarshi sanktsiyalar O‘zbekistondan Yevropaga meva eksporti uchun logistika muammolarini yuzaga keltirgan. Shu sabab O‘zbekistondan meva asosan, Qozog‘iston va Rossiyaga chiqmoqda.

“Urush sabab O‘zbekistondan Yevropaga logistika muammosi paydo bo‘lyapti. Yevropaga O‘zbekistondan mahsulot Qozog‘iston, Rossiya, Belarus keyin Polsha orqali kirib keladi. Hozir Rossiya ham Belarus ham sanksiya ostida. Bu davlatlardan yuk mashinalarni Yevropaga o‘tkazmayapti. Boshqa marshrut, masalan Turkiya orqali juda qimmatga tushyapti. Buni o‘rganib ko‘rdik. Yo‘l juda uzun, vaqt ketadi, mevalar aynib qolishi xavfi bor. Bundan tashqari urush sabab benzin narxlari bir necha baravar oshib ketdi. Shuning uchun O‘zbekiston mevasini asosan Qozog‘iston, Rossiya, MDH davlatlariga eksport qilyapti”, - deydi Gavhar Ueybl.

Ammo “GardenCells” shirkati bosh menejeri Mirzohid Niyozovning aytishicha, Rossiya va Belarus muammoli davlat ekani sabab ular meva va sabzavot eksporti uchun Yevropa va AQShni ustuvor yo‘nalish qilib belgilashgan.

“Rossiya, Belarus bozori bilan ko‘pincha muammo tug‘iladi, narxni pastga uradi, shuning uchun biz uchun prioritet bozor Yevropa va AQSh. Birinchidan, yuqori narxda olishadi. Hisob-kitob masalalariga to‘g‘ri yondashadi. Uchinchisi, Yevropada siz bilan shartnoma qiladigan paytda mahsulot hajmini oldindan kelishib oladi. Ellikta mashina bundan, ellikta undan deydi va shartnoma shartlarini bajaradi. Bu o‘zbek fermeriga ham, o‘zbek eksportyoriga ham qulay. O‘tgan yili Germaniyaning butun Yevropa bo‘ylab 24 mingta magazini bor “Ebeka” supermarketlariga qovun chiqardik, tarixda birinchi marta. Qovunlarimiz Hamburgdagi laboratoriyadan 0 pestitsidsiz bilan o‘tdi. Qolaversa, AQShdagi “Toshkent” supermarkatlar tarmog‘iga uch yildan beri mahsulot yetkazamiz”.

Chexiyaga O‘zbekistondan meva importi bilan shug‘ullanuvchi tadbirkor (Tahr: ismini ochiqlashni istamadi) ham narxlar yuqoriligi bois biznes oqsayotganini aytadi.

“O‘zbekistonda meva qimmat. Bu yerga olib kelguncha yana qimmatlaydi, shuning uchun o‘zini oqlamayapti. Bu yerda Ispaniya va Italiyadan keltiriladi, arzon. Yana bir sabab logistika qiyinlashgan. Yaqinda O‘zbekistondan gilos olib keldik, samolyotda, furalar yurmayapti, urush sabab”, - deydi tadbirkor.

Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo meva-sabzavot bozorini kuzatib boruvchi “East Fruit” tahliliy markazi 2022-yilda O‘zbekistonda oziq-ovqat mahsulotlari, jumladan, sabzavot va mevalar narxi yanada keskin oshishi va tarixiy rekordni yangilashini bashorat qilgan.

O‘zbekiston bu yil meva eksporti hajmini 2 milliard dollarga etkazmoqchi. Ammo mutaxassislar fikricha, ichki narxlar juda yuqoriligi, mamlakatning o‘zida hosildorlik kam bo‘lgani bois bu imkonsiz.

Ba’zi mevalarni esa O‘zbekiston nisbatan arzon bo‘lgan Eron, Turkiya yoki qo‘shni Tojikistondan import qilishga majbur bo‘lmoqda.

O‘zbekiston Davlat statistika qo‘mitasiga ko‘ra, shu yilning yanvar-aprel oylari mamlakatga chetdan 9 million AQSh dollariga 22.4 ming tonna olma import qilingan.

O‘zbekistonga olma yetkazib berishda Eron yetakchilik qilmoqda. Import qilingan mevalar mamlakatni o‘zida qayta qadoqlanib, O‘zbekiston mahsuloti tamg‘asi bilan chetga eksport qilinishi holatlari ham bor.

“East Fruit” tahliliy markaziga ko‘ra, fevral oyining oxirlari va martning o‘rtalarida O‘zbekistondagi o‘rikzorlarni sovuq urib ketgan. Buning natijasida O‘zbekistondagi o‘rik hosilining kamida 60-65 foizi nobud bo‘lgan.

O‘zbekiston Davlat statistika qo‘mitasiga ko‘ra, 2022-yilning yanvar-aprel oylarida mamlakatdan 200 million dollardan ko‘proq meva va sabzavot eksport qilingan. Jumladan, O‘zbekiston dunyoning 18 mamlakatiga 8.7 ming tonna gilos yetkazib bergan. O‘tgan yili esa, 60,8 ming tonna gilos eksport qilingan.

XS
SM
MD
LG