O‘zbekistonda 1990 yillardan boshlab faoliyat yuritgan “Nurchilar” harakatiga tegishli litseylarda AQSh Markaziy razvyedka boshqarmasining 70 xodimi xufyona ishlagani aytilmoqda.
Bu haqda Turkiyada chop etilgan mamlakat razvyedkasining iste‘fodagi xodimi Osman Nuriy Gundeshning “Anarxiya va inqiloblar guvohi” nomli kitobida aytilgan.
12.uz nashriga ko‘ra, Turkiya razvyedkasi sobiq xodimining kitobida 1990 yillarda bosh qarorgohi Pensilvaniyada joylashgan “Nurchilar” harakatini niqob qilib kelgan amerikalik josuslar Markaziy Osiyo davlatlaridagi litseylarda o‘qituvchilik qilgani aytiladi.
“Ularning hammasi litseylarda ingliz tili o‘qituvchisi, deb qayd etilgan. Ular AQSh fuqarosi bo‘lgan va shu bilan birga ularda diplomatlik pasporti bo‘lgan”, deya iqtibos keltiradi 12.uz sayti sobiq turk razvyedkachisi kitobidan.
Hozir O‘zbekistonda “Nurchilar” harakati rasman taqiqlangan.
2009-2010 yillar davomida o‘nlab o‘zbekistonlik ushbu harakatga a‘zolikda ayblanib, uzoq muddatlarga qamoq jazosiga hukm qilingan edi.
Inson huquqlarini himoya qiluvchi qator xalqaro tashkilotlar mahkumlar ustidan sud jarayonlarini noqonuniy, deb tanqid qilgan.