Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 10:41

OzodTarmoq: Agar Vatanni chindan ham sevishganida…


Gaz taqchilligidan norozi aholi vakillari mahalliy rasmiylarni tinglamoqda. Iyun, 2021
Gaz taqchilligidan norozi aholi vakillari mahalliy rasmiylarni tinglamoqda. Iyun, 2021

O‘zbekistonni "kambag‘al mamlakat", "dengizga chiqish imkoni yo‘q" deyishsa, qanaqadir transport yo‘laklari va logistika imkoniyatlari haqida aytishsa, ko‘z oldimga xo‘rlangan Vatan keladi.

Butun mamlakat – bu xo‘rliklar qurboniga aylangan. Ichi to‘la dard, lekin birov bilmasligi uchun mungli jilmaygan.

Bolalari bag‘ridan yulib olingan va butun dunyo bo‘ylab, barcha qit’alarga badarg‘a qilingan.

Shunday payt nafasing to‘xtab qoladi. Qattiq quchoqlab, bag‘ringga bosib, yig‘laging keladi…

Chunki, juldur kiyimda, qimtinibgina turgan bu Vatan men uchun er yuzidagi eng ajoyib, eng go‘zal joy. U o‘ziga to‘q bo‘lishi va muvaffaqiyatlarga erishishi uchun barcha imkoniyatlarga ega. Uning bag‘rida Mendeleyev jadvalidagi barcha elementlar yashiringan.


Hammaga yer ham, suv ham, ish ham yetarli bo‘lardi.

Va hech kimni farzandlaridan, sezdirmaygina qarib borayotgan ota-onalaridan, aka-ukalarni, opa-singillarni, er-xotinlarni bir-biridan ajratib, butun boshli oilalarni, qishlog‘u shaharlarni teng yarmidan bo‘lib tashlashga hojat ham qolmasdi.

Agar Vatanni chindan ham sevishganida

Aziza Umarova, Smartgov Consulting rahbari, bloger

(#Aziza Umar Kundaligi Telegram-kanalidan olindi)

OzodTarmoq ruknidagi mualliflarning nuqtai nazari tahririyat nuqtai nazarini aks ettirmaydi.

XS
SM
MD
LG