O‘zbekistonlik paralimpiyachilar XVII yozgi Paralimpiya o‘yinlaridan rekord natija bilan qaytishyapti.
Fransiyaning Parij shahrida 28-avgustdan 8-sentyabrgacha o‘tkazilgan Paralimpiya o‘yinlarida o‘zbekistonlik sportchilar birinchi marta 26 ta medalni (10 ta oltin, 9 ta kumush, 7 ta bronza) qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘lishgan.
Umumjamoa hisobida medallar soni bo‘yicha jahonda 13-o‘rinni egallagan O‘zbekiston termasi Markaziy Osiyo, Islom birdamligi tashkiloti va Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo mamlakatlar orasida eng yaxshi ko‘rsatkichga erishgan.
Tarixiy natijaga erishgan paralimpiyachilar delegatsiyasi Toshkentga 9-sentyabr kuni qaytishi kutilmoqda.