Линклар

Шошилинч хабар
14 январ 2025, Тошкент вақти: 00:39

Parkentda qafasdan chiqqan sher bir kishini o‘ldirdi


Toshkent hayvonot bog‘i. Illyustrativ surat
Toshkent hayvonot bog‘i. Illyustrativ surat

Toshkent viloyatining Parkent tumanida joylashgan“Lion park” nomli xususiy hayvonot bog‘idan qochgan sher bir kishining umriga zomin bo‘ldi.

Toshkent viloyati Ichki ishlar boshqarmasi matbuot xizmati xabarida aytilishicha, 17-dekabr kuni qafasda saqlangan 3 yashar sher hayvonot bog‘i hovlisiga qochib chiqqan. U 44 yashar hayvonot bog‘i qorovuliga tashlanib, unga jarohat yetkazgan va xodim vafot etgan.

“Ko‘rilgan choralar tufayli sher qafasga qaytarilgan. Hayvonot bog‘ida dam olish kuni bo‘lgani sababli mahalliy aholiga talafot yetmagan. Hozirda xavf-xatar mavjud emas”, deyiladi IIB matbuot xizmati xabarida.

Hodisa yuzasidan Toshkent viloyati Parkent tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari boshlangan.

XS
SM
MD
LG