Линклар

Шошилинч хабар
23 апрел 2024, Тошкент вақти: 15:13

"Pasport biznesi": Tojik migrantlaridan kim va qanday pul qilmoqda


Tojikiston pasporti. Illyustrativ surat
Tojikiston pasporti. Illyustrativ surat

Rossiyadan badarg‘a qilingan tojik migrantlarining qariyb yarmi mamlakatga boshqa ism va hujjat bilan qaytgan. Ishchilar mamlakatga kelishganidan so‘ng pasportlari yo‘qolganini aytib, yangi ism bilan qaytadan hujjat olmoqda. Ayrim migrantlar hatto 3-4 martadan pasport almashtirgani ma’lum bo‘ldi. Tojik hukumati ahvolni jamoatchilikdan yashirib kelgan.

Ozodlik radiosining tojik xizmati vaziyat bo‘yicha maxsus surishtiruv o‘tkazdi.

2021 - yil yanvarida Tojikiston fuqarolarining ism-familiyalarini o‘zgartirish haqidagi arizalarini ko‘rib chiqish muddati qonun yo‘li bilan uch baravarga qisqartirilgan edi.

Tojikiston Adliya vazirligi statistikasiga ko‘ra, 2014 - yildan 2021 - yilning birinchi yarmigacha 235 ming fuqaro o‘z ism-familiyasini almashtirgan. Buning uchun mulozimlar birgina rasmiy to‘lov tariqasida 31 mln dollardan ortiq pul olganlar.

Adliya vaziri Muzaffar Ashuriyon vaziyatni tojik mulozimlari an’anaviy ismlar foydasiga ruslashtirilgan ism-familiyalarni rad etishayotgani bilan izohlagan. Rasmiy qaydlarda Tojikistonda davlat mulozimlari soni 19 ming nafarni tashkil qilishi aytiladi.

Mehnat vazirligi huzuridagi migratsiya xizmati, o‘z navbatida, ism-familiyalarni o‘zgartirishning avj olishi Rossiyada ishlash bilan bog‘liq bo‘lishi mumkinligini tasdiqlamoqda. Xizmat vakili Ozodlik bilan suhbatda mazkur tendensiya taxminan 14 yil muqaddam, Rossiya hukumati tojiklarni turli huquqbuzarliklar uchun ommaviy deportatsiya qilishga kirishganidan so‘ng boshlanganini aytdi.

Migratsiya xizmati ma’lumotiga ko‘ra, 2020 - yil oxiriga qadar 272 mingdan ziyod tojik fuqarolari Rossiyadan deportatsiya qilingan.

Ubaydullo ismini G‘ozi qo‘yib qamoqqa tushdi

Huquqbonlar ma’lumotiga ko‘ra, Rossiyadan badarg‘a qilingan tojik migrantlarining salkam yarmi pasportini almashtirgach, Rossiya Federatsiyasiga qaytib ketgan. Va bu odamlar Rossiya hududiga noqonuniy kirgani uchun jinoiy javobgarlikka tortilish xavfi ostida qolmoqda. Fosh bo‘lgan taqdirda ular katta jarimaga tortilishi, qamalishi va qaytadan deportatsiya qilinishi mumkin.

Tojikistonning Xatlon viloyatida tug‘ilgan 35 yoshli Ubaydullo Alinazarov davlat chegarasini noqonuniy kesib o‘tish ayblovi bilan Rossiya sudi tomonidan 6 oylik qamoq jazosiga hukm qilingan edi. 2015 - yilda Ubaydullo Rossiya migratsiya qonunchiligini buzgani uchun deportatsiya qilingan. Tojikistonga qaytgach, do‘stlarining maslahati bilan G‘ozi Firuzov degan ism-familiya bilan yangi pasport olgan va yana Rossiyaga jo‘nagan.

“Bu pasport bilan uch yil davomida Rossiyaga borib-kelib yurdim”, deydi Ubaydullo. Migrant 2019 - yilning yozida, RF hududiga yana bir bor o‘zgartirilgan familiya bilan kirganida huquqni muhofaza qilish idoralari xodimlari tomonidan ushlangan.

“Ishlash uchun patent olish chog‘ida barmoq izlarim orqali menga oid eski ma’lumotlarni aniqlashdi. “Ubaydullo, nega ismingni almashtirgansan?” deb savolga tutishdi. Avvaliga ism-familiyamni o‘zgartirganimni ishonch bilan rad etdim, lekin eski pasportim nusxasidagi fotosuratimni ko‘rsatishganidan so‘ng tixirlik qilishdan foyda yo‘qligini tushundim”, deb hikoyasini davom ettiradi migrant.

Ubaydullo deportatsiya qilinganidan so‘ng nochor ahvolda qolib, Rossiyaga qaytish uchun boshqa ism-familiya bilan pasport olishga majbur bo‘lganini tushuntirishga uringanini aytadi. Uni Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 322-moddasi (“Davlat chegarasini noqonuniy kesib o‘tish”) bilan 6 oyga qamoqqa olishdi. Jazo muddatini o‘tab bo‘lgach esa, 2020 - yil yanvarda Ubaydullo yana 5 yilga mamlakatdan deportatsiya qilindi.

Ozodlik surishtiruv chog‘ida bir necha bor ism-familiyasini almashtirib, yangi pasport bilan Rossiyaga borgan 12 tojik fuqarosi bilan muloqotda bo‘ldi. Ularning barchasi Rossiyada ishlab pul topish uchun, noilojlikdan shunday yo‘l tutishganini tan olishmoqda.

Huquqbon Karimjon Yorovga ko‘ra, ko‘plab migrantlar yangi hujjatlar uchun davlat mulozimlariga 500 dollargacha pora bermoqda. Binobarin, mas’ul amaldorlarning shundan ko‘rayotgan korrupsion daromadlarining o‘zi taxminan 67.5 mln dollarni tashkil qilishi mumkin.

Tojikiston pasportini olish osonligi mavzusi Rossiya harbiy razvedkasi zobiti Anatoliy Chepiga 2014 - yilning oktabrida tojik pasporti bilan Chexiyaga kirganidan so‘ng e’tiborga tushgan edi. Ammo Tojikiston IIV unga pasport berganini inkor etgan.

XS
SM
MD
LG