Линклар

Шошилинч хабар
30 апрел 2025, Тошкент вақти: 15:52

Pokistondagi toshqin: shimoli-g‘arbiy hududda sel kutilmoqda


Pokistonda o‘tgan haftada kuzatilgan toshqin oqibatlari
Pokistonda o‘tgan haftada kuzatilgan toshqin oqibatlari

Pokiston shimoliy-sharqida joylashgan Haybar-Paxtunxva viloyatida aholi muzliklar erishi va muttasil jala quyishi mumkinligidan ogohlantirildi. Rasmiylar qaydicha, xavfsizlik choralari ko‘rilmagan taqdirda, toshqinlarning ikkinchi to‘lqini yanada ko‘proq odam qurbon berilishiga olib kelishi mumkin.

Avvalroq Pokistonda ekstremal ob-havo sharoiti kuzatilib, uning natijasida o‘nlab odam nobud bo‘lgan edi. Toshqin odamlarning uy-joylari va ekinlariga zarar yetkazgan.

Ekspertlar aprel oyida mamlakatda yanada shiddatliroq yog‘in-sochin kuzatilishi mumkinligini aytishyapti va buni iqlim o‘zgarishi bilan izohlashmoqda.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, yaqindagi toshqinlarda eng ko‘p jabr ko‘rgan tog‘li Haybar-Paxtunxva viloyatida so‘nggi besh kun ichida 59 kishi o‘lgan, qurbonlarning 33 nafarini yosh bolalar tashkil qilgan. Associated Press agentligi xabariga ko‘ra, tabiiy ofat oqibatida kamida 2875 ta uy va 26 ta maktab binosi vayron bo‘lgan.

Agar o‘z vaqtida xavfsizlik choralari ko‘rilmasa, kutilayotgan toshqin tufayli yanada ko‘proq odam qurbon berilishi va moddiy talafotlar ko‘rilishi ehtimoli mavjud”, deya bildirgan tabiiy ofatlarga qarshi kurashish bo‘yicha mahalliy boshqarma vakili bo‘lgan Muhammad Qaysar Xon.

Tinim bilmagan yomg‘irlardan Pokistonning janubi-g‘arbiy viloyati bo‘lgan Belujiston ham jabr ko‘rgan. Rasmiylar yuzaga kelgan vaziyatni hal uchun cheklangan zaxiralarga ega ekanlari, lekin yog‘in-sochin davom etaversa, yordam so‘rab markaziy hukumatga murojaat qilishga majbur bo‘lishlarini bildirishgan.

2022-yili kelgan sel va daryolar toshishi natijasida Pokiston hududining uchdan biri suv ostida qolgan, buning natijasida 1739 nafar odam nobud bo‘lgan edi. O‘shanda tabiiy ofat tufayli 30 milliard dollarlik zarar ko‘rilgani aytilgan edi.

Pokistonda yomg‘irlar mavsumi odatda iyun oyida boshlanadi.

XS
SM
MD
LG