Линклар

Шошилинч хабар
29 апрел 2025, Тошкент вақти: 22:15

Popda o‘qituvchilarni o‘t yulishga majburlagan direktor jarimaga tortildi


Illyustrativ surat
Illyustrativ surat

Namangan viloyatining Pop tumanida maktab direktori ta’til chog‘ida o‘qituvchilarni o‘zlariga tegishli bo‘lmagan vazifalarni bajarishga jalb qilgani tasdiqlandi. Bu haqda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi ma’lumot tarqatdi.

Vazirlik qaydicha, Pop tumani Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limi Davlat mehnat inspeksiyasi 43-maktab o‘qituvchilari maktab hovlisida tozalov ishlariga jalb etilganini aniqlagan.

Namanganda pedagoglar direktor tomonidan maktab hududidagi o‘t-o‘lan, beda va ajriqlarni yulishga majbur qilingani haqida avvalroq Qalampir.uz nashri poplik o‘qituvchilardan olingan ma’lumotga tayangan holda xabar qilgan edi. Xabarda iddao qilinishicha, “maktab direktori M. Marasulova yuqorida sanalgan “qora” ishlarni qilishni istamagan o‘qituvchilardan 500 ming so‘mdan pul talab qilgan”.

Vazirlik xabarnomasida o‘qituvchilarni majburiy mehnatga jalb qilgan maktab direktoriga nisbatan O‘zbekiston Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 51-moddasi 1-qismiga asosan bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravari (17 million so‘m) miqdorida ma’muriy jarima qo‘llanilgani bildirilgan.

XS
SM
MD
LG