Линклар

Шошилинч хабар
07 октябр 2024, Тошкент вақти: 03:29

Poyezd ustida selfi tushmoqchi bo‘lgan o‘smirlarni tok urdi


Farg‘ona viloyati Uchko‘prik tumanida poyezd vagonlari ustida selfi tushmoqchi bo‘lgan ikki o‘smirni 27 ming voltli tok urdi.

“Sevimli” TV orqali efirga uzatiladigan “Zamon” dasturi xabariga ko‘ra, baxtsiz hodisa 17-sentyabr kuni soat 13:00 atrofida sodir bo‘lgan.

Tergovga qadar tekshiruvda aniqlanishicha, Buvayda tumaniga qarashli 1-maktabning 8- va 10-sinf o‘quvchilari (jami uch kishi) qo‘shni Uchko‘prik tumanidagi Qaqir temiryo‘l bekatiga kelib, taqiqlangan hududga kirgan.

O‘smirlar bekatda turgan bug‘doy tashuvchi vagonning ustiga chiqib, selfi tushmoqchi bo‘lgan vaqtida ularning ikki nafarini yuqori kuchlanishli elektr toki urgan.
Turli darajada tan jarohatlari olgan o‘quvchilar shifoxonaga yotqizilgan.

Tanasining 65 foizi kuygan o‘smir jonlantirish bo‘limida qolayotgani, nisbatan yengil jarohatlangan sherigi davolanish uchun uyiga o‘tkazilgani aytilmoqda.

O‘tgan yil 20-sentyabr kuni Toshkentda ham xuddi shunday hodisa ro‘y bergan. “Hamza” temiryo‘l bekatidagi poyezd vagoni ustiga chiqib, suratga tushmoqchi bo‘lgan 18 yoshli yigitni 27 ming voltli tok urgan. Tananing 98 foiz kuyishi tashxisi bilan shifoxonaga yotqizilgan yigitning keyingi taqdiri ma’lum emas.

XS
SM
MD
LG