Линклар

Шошилинч хабар
20 сентябр 2021, Тошкент вақти: 07:24

“Prezident G‘ani davridagidan yaxshiroq”- Rossiya elchisi Kobuldagi toliblar haqida


Rossiyaning Kobuldagi elchisi Dmitriy Jirnov Afg‘oniston Tashqi ishlar vaziri Muhammad Xanif Atmar bilan uchrashuvda - Kobul, 10 - mart, 2021

Rossiyaning Afg‘onistondagi elchisi Dmitriy Jirnov “Exo Moskvi” radiostansiyasi efirida prezident Ashraf G‘ani davri bilan qiyoslaganda “terrorchi toliblar davrida Kobuldagi vaziyat yaxshiroq” ekanini aytdi.

“Men ular Kobul ustidan nazorat o‘rnatgan birinchi kunlarga ko‘ra baho beryapman. Taassurotlarim ijobiy”, deya tushuntirish bergan elchi va diplomatik missiya xodimlarining xavfsizligi masalasida “Tolibon” vakillari bilan uchrashishni rejalayotganini qo‘shimcha qilgan.

Jirnov toliblarning bu boradagi yondashuvini “ochiq, yaxshi, ijobiy va ishchan”, deb atagan. “Barcha masalalarda o‘zaro til topishishimizga xalal beradigan biror to‘siq ko‘rmayapman”, deya so‘zini yakunlagan u.

Avvalroq toliblar Rossiya elchixonasini qo‘riqlashni kafolatlagani xabar qilingan edi.

Rossiyada terrorchi tashkilot deb topilgan va faoliyati taqiqlangan “Tolibon” radikal islomiy harakati 15 - avgust kuni Afg‘oniston poytaxti Kobulni jangsiz ishg‘ol qilib, keyinroq prezident saroyini egallab oldi. Prezident Ashraf G‘ani yirik gumanitar halokatning oldini olmoqchi ekanini aytib mamlakatni tark etdi. Afg‘oniston amalda to‘liq toliblar nazoratida qoldi.

“Tolibon” Afg‘onistonda 1996 - yildan 2001 - yilgacha egallaganidan ko‘ra kattaroq hududlarni qo‘lga kiritdi. O‘shanda harakat AQSh va ittifoqchilarining harbiy amaliyoti natijasida mamlakat nazoratini boy bergan edi. Toliblarning bu yilgi hujumlari Amerika qo‘shinlarining mamlakatdan olib chiqib ketilishi arafasida boshlandi — chet davlatlar harbiy kontingenti avgust oxirigacha mamlakatni to‘liq tark etadi.

Хатлон вилоятида Ўзбекистон, Тожикистон ва Россия қўшинлари иштирокида қўшма ҳарбий машғулот бошланди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:01:40 0:00

Toliblar Kobulni bosib olishi munosabati bilan poytaxt aeroportida tartibsizlik va vahima boshlandi. Radikallarning qatag‘oni va zo‘ravonligidan qo‘rqqan minglab odamlar Afg‘onistondan uchib ketishga urinmoqda. Ayrimlar aeroportdan parvoz qilayotgan uchoqlar shassisiga tirmashib olishyapti. Reuters agentligi shu tariqa qochib ketishga uringan kamida besh afg‘on halok bo‘lgani haqida xabar qildi.

XS
SM
MD
LG