Линклар

Шошилинч хабар
07 декабр 2021, Тошкент вақти: 02:36

Prezident saylovi: MSK va YeXHT bir-biriga ters baho berdi


Yevropa kuzatuvchilar missiyasi vakillari 25 - oktabr kuni O‘zbekiston prezident sayloviga oid o‘z dastlabki xulosasini e’lon qildi

O‘zbekistondagi olqishlangan islohotlarga qaramay¸ 24 -oktabr kungi prezident saylovlari haqiqiy plyuralizm¸ nomzod va fuqarolar o‘rtasidagi ma’nili muloqot¸ asl raqobatsiz o‘tdi.

25 - oktabr kuni Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti xalqaro kuzatuvchilari e’lon qilgan dastlabki xulosasi shu mazmunda bo‘ldi.

Bu esa¸ O‘zbekiston MSK raisi Zayniddin Nizomxo‘jayev 25 - oktabr kuni qilgan bayonot mazmuniga ziddir.

-Beshta siyosiy partiya va ularning nomzodlari o‘rtasida real raqobat muhitida o‘tgan Prezident saylovi O‘zbekistonda erkinlik va demokratiya amalda mustahkamlanib borayotganining yorqin namoyishidir¸ dedi MSK raisi.

Raqobat yo‘q

Bayonotda prezident saylovi mamlakatda sodir bo‘lgan o‘zgarishlarga qaramasdan, “chin ma’nodagi plyuralistik muhit yarata olmagani” ta’kidlanadi.

Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkilotining Demokratik institutlar va inson huhuqlari bo‘yicha byurosi (YeXHT DIIHB), YeXHT Parlament Assambleyasi (YeXHT PA) va Yevropa Parlamenti vakillaridan iborat Saylovni kuzatuvchi xalqaro missiya (SKXM) o‘tgan yillar davomida huquqiy maydonda islohotlar bo‘lgani¸ berilgan tavsiyalar inobatga olinganini e’tirof etdi.

Xalqaro kuzatuvchilar “insonning asosiy huquq va erkinliklariga bo‘lgan ba’zi eski cheklovlar hamon YeXHTning majburiyatlariga zid ekanligicha qolayotgani"ni qayd etgan”.

«Saylovda bir nechta nomzod qatnashganiga qaramay¸ ular amaldagi prezident bilan bahsga kirishish yoki uni tanqid qilishdan tiyildi. Prezident saylov kampaniyasi va uning prezident sifatidagi rasmiy faoliyati o‘rtasida tavofut yo‘qligi davlat va siyosiy partiya o‘rtasidagi chegarani yuvib yubordi. Matbuot muhiti¸ xususan onlayn nashrlardagi ochiqlikning sal yaxshilanganiga qaramay¸ fuqarolarning o‘z fikrini erkin va to‘liq ifodalashi hamon nazoratda qolmoqda”¸ deyiladi qo‘shma bayonotda jumladan.

Xalqaro kuzatuvchilar missiyasi shuningdek¸ O‘zbekiston hukumatining xalqaro standartlar va YeXHT doirasida olgan majburiyatlariga zid ravishda¸ saylovlarni kuzatishga fuqarolik jamiyati vakillari qatnashishiga ruxsat yo‘qligini ham tanqid qildi.

-Bu esa¸ saylov jarayonidagi shaffoflik va jamoatchilik nazoratini cheklaydi¸ deyiladi xalqaro kuzatuvchilar baënotida.

"Saylovoldi tashviqotini rasmiy vazifasi bilan araashtirib yubordi"

Yevropalik kuzatuvchilar nomzodlar o‘rtasida o‘zaro yoki saylovchilar bilan biror ahamiyatli munozara kuzatilmagani, qolaversa, nomzodlar amaldagi prezidentga e’tiroz bildirishdan yoki uni tanqid qilishdan tiyilishganini aytgan.

Dastlabki hisobotda prezident o‘zining viloyatlarga qilgan tashriflari orqali o‘zining saylovoldi tashviqotini rasmiy vazifalari bilan aralashtirib yuborgani aytiladi.

Xalqaro kuzatuvchilarga ko‘ra, amaldagi prezident "bu ishi bilan o‘z nomzodlik lavozimidan ancha keng foydalandi".

"Turli bilbordlarda namoyish qilingan, O‘zbekiston mustaqilligining 30 yilligiga bag‘ishlangan yorqin foto va videomateriallar amaldagi prezidentni keng targ‘ib qildi. LDP (O‘zLiDeP - tahr) nomzodining ijtimoiy tarmoqlardagi barcha kanallari prezidentning rasmiy matbuot xizmati tomonidan boshqarildi".

Dastlabki xulosalarda amaldagi prezident va nomzodlar orasidagi farq ko‘p hollarda aniq ko‘rsatib berilmagani, natijada amaldagi prezidentning o‘zi egallab turgan lavozimi uning saylovoldi kampaniyalarida ancha qo‘l kelgani qayd etiladi.

Yevropalik kuzatuvchilarning qo‘shma missiyasi "bu kabi amaliyotlar 1990 yildagi YeXHT Kopengagen hujjatining 5.4- bandiga zid" ekanini ta’kidlagan.

Siyosiy tanlov kam

Dastlabki xulosalarda nomzodlarni ro‘yxatga olish "siyosiy partiyalar nomzodlariga qo‘yiladigan haddan tashqari qattiq talablar asosida belgilangani, bu esa YeXHTning 1990 - yilgi Kopengagen hujjati 7.5-bandiga zid" ekani ta’kilangan.

Shuningdek, partiyalarni ro‘yxatga olish talablari ham o‘ta og‘irligicha qolayotgani aytiladi. Yevropalik kuzatuvchilarga ko‘ra, joriy tartib "saylanish uchun o‘z nomzodini qo‘yish huquqini noo‘rin tarzda cheklaydi va saylov muhitini plyuralizmlik asosida bo‘lishiga to‘sqinlik qilishi barobarida saylovchilar tanlashi mumkin bo‘lgan siyosiy tanlovlar sonini kamaytiradi".

Xalqaro kuzatuvchilar yaqinda ikkita partiyaning ro‘yxatdan o‘tish uchun topshirgan hujjatlari ular tegishli talablarga mos emasligi uchun hukumat tomonidan rad qilinganiga e’tibor qaratgan.

"2021 - yili Adliya vazirligi “Haqiqat va Taraqqiyot” sotsial-demokratik partiyasi hamda “Xalq manfaatlari” demokratik partiyalarini ro‘yxatdan o‘tkazish talablarini bajarmagani uchun ro‘yxatdan o‘tkazmadi", deyiladi hisobotda.

Xalqaro kuzatuvchilar missiyasi prezidentlikka nomzodlar soni beshta bo‘lishiga qaramay, saylov kampaniyasida jiddiy raqobat muhiti kuzatilmaganini ta’kidlagan.

Сайлов-21: "Калла Кесган" Мирзиёев Иқрори
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:45:41 0:00

"Prezident minimumi"

Ayni kuni Markaziy saylov komissiyasi raisi Zayniddin Nizomxo‘jayev amaldagi prezident Shavkat Mirziyoyev 24 oktabrda o‘tgan prezidentlik saylovida g‘alaba qozonganini e’lon qildi.

Nizomxo‘jayevning bildirishicha, saylovda 16 million 216 mingdan ko‘proq, ya’ni 80,4 foiz saylovchi qatnashgan. Liberal demokratik partiya nomzodi Shavkat Mirziyoyevga saylovchilarning 80,1 foizi ovoz bergan. 2016 - yil dekabridagi saylovlarda Mirziyoyev 88,61 foiz ovoz olgani e’lon qilingandi.

Bu safargi natijalar O‘zbekiston tarixida amaldagi prezident qo‘lga kiritgani e’lon qilingan eng kam ovozdir. Bundan avval eng kam ovoz 1991 - yil 29 - dekabridagi ilk prezident saylovida qayd etilgandi (87 foiz). Undan keyingi barcha saylovlarda Islom Karimov 90 foizdan ko‘p ovoz olgani e’lon qilingan.

Yakshanba kungi saylovda qolgan 20 foizga yaqin saylovchining 6,6 foizi Xalq demokratik partiyasi nomzodi Maqsuda Vorisovaga, 5,5 foizi “Milliy tiklanish” partiyasi nomzodi Alisher Qodirovga, 4,1 foizi Ekologiya partiyasi nomzodi Narzulla Oblomuradovga, 3,4 foizi “Adolat” partiyasi nomzodi Bahrom Abduhalimovga ovoz bergan.

XS
SM
MD
LG