Линклар

Шошилинч хабар
27 июл 2024, Тошкент вақти: 06:58

Putin bosh vazirlikka yana Mishustin nomzodini taklif qildi


Mixail Mishustin
Mixail Mishustin

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Davlat dumasiga Mixail Mishustinni qaytadan bosh vazir etib tayinlashni taklif qildi, deya ma’lum qildi Rossiya Davlat dumasi spikeri Vyacheslav Volodin.

Volodinga ko‘ra, hukumat rahbarini tayinlash masalasi bo‘yicha majlis 10-may kuni kechroq o‘tkaziladi – unda Mishustin ma’ruza qiladi, keyin esa ovoz berish jarayoni o‘tkaziladi.

Nomzodni muhokama qilish chog‘ida prezident Putin tomonidan demografik siyosat, odamlar farovonligini oshirish, bolali oilalarni dastaklash, yoshlar siyosatini amalga oshirish, texnologik suverenitetni mustahkamlash, iqtisodiyotni va mintaqalarni rivojlantirish, mamlakatimiz mudofaa salohiyatini oshirish bo‘yicha qo‘yilgan vazifalar qanday hal qilinishiga oid savollarga javob olish muhim”, deya bildirgan Volodin.

Mixail Mishustin 2020-yil yanvaridan buyon bosh vazir lavozimida ishlab keladi.

Rossiya Federatsiya kengashi Putinga Hisob palatasi rahbari lavozimiga uch nafar nomzoddan iborat ro‘yxatni ham yo‘llagan. Ro‘yxatga senator va Kaluga viloyati sobiq gubernatori Anatoliy Artamonov, Hisob palatasi rahbari vazifasini bajaruvchi Galina Izotova va Prezident nazorat boshqarmasi rahbarining o‘rinbosari Boris Kovalchuklar kiritilgan.

Joriy yilning 7-may kuni Vladimir Putin beshinchi marta Rossiya prezidenti lavozimiga kirishgan. Rossiya qonunchiligiga muvofiq, inauguratsiyadan keyinoq hukumat iste’foga ketgan. Mavjud tartibga ko‘ra, bosh vazir lavozimga tayinlanganidan keyin bir haftadan ko‘p bo‘lmagan muddat ichida prezidentga hukumat tarkibini taklif qilishi lozim.

XS
SM
MD
LG