Линклар

Шошилинч хабар
23 апрел 2024, Тошкент вақти: 20:07

Putinga nihoyatda o‘xshash qizning onasi «Rossiya» banki aksiyalariga ega


Vladimir Putin Kaliningraddagi tug‘ruqxonaga tashrifi chog‘ida - 2 - noyabr, 2011
Vladimir Putin Kaliningraddagi tug‘ruqxonaga tashrifi chog‘ida - 2 - noyabr, 2011

Rossiya prezidenti Vladimir Putinning eski tanishi Svetlana Krivonogix asosiy hissadori prezidentning do‘sti bo‘lgan «Rossiya» banki aksiyalariga ega. Bu haqda «Proyekt» nashri ma’lum qildi. Nashr o‘tkazgan surishtiruv natijalariga ko‘ra, Krivonogix 2013 - yilda Katerina Putinning to‘yi bo‘lib o‘tgan chang‘i kurorti hamda Sankt-Peterburg markazidagi madaniy markazning egasidir. Krivonogix 2003 - yilda Putinga «nihoyatda o‘xshash» qizni tuqqani aytiladi.

«Proekt» nashri xulosalariga ko‘ra, Krivonogix Putin bilan 1990- yillarning oxirida tanishgan. O‘sha paytda u kommunal kvartiradan ko‘chib chiqqan va tez orada «Rossiya» bankida ishlay boshlagan. Ushbu bank Putinning eski do‘sti Yuriy Kovalchukka tegishli. 2007 - yilga kelib, Krivonogix bankning 3,6 foiz aksiyalarini qo‘lga kiritgan. 2019 - yil boshida uning bankdagi ulushi qiymati 800 million rublga teng bo‘lgan.

Krivonogix, shuningdek, to‘qsoninchi yillarning o‘rtalarida Putin va uning do‘stlari tomonidan tashkil etilgan «Ozero» dacha kooperatividan 40 kilometr masofada joylashgan «Igora» chang‘i kurortiga egalik qiladi. Putin kurortda chang‘i uchgan va uning ochilish marosimida qatnashgan. 2013 - yilda kurortda Putinning qizi Katerina Tixonova to‘yini o‘tkazgan. Dam olish maskanining 25 foizi Kovalchuk va uning rafiqasiga tegishli. Bundan tashqari, Kovalchukka tegishli bank ushbu kurortning asosiy investori bo‘lgan.

Krivonogixlar oilasining jurnalistlar aniqlashga muvaffaq bo‘lgan barcha mol-mulki va biznes aktivlarini 7,7 milliard rublga yoki taxminan 100 million dollarga baholash mumkin. Shu bilan birga, jurnalistlar Krivonogix aktivlari Putinning do‘stlari, jumladan, violonchel ijrochisi Sergey Roldugin, prezident o‘z dissertatsiyasini himoya qilgan Konchilik universiteti rektori Vladimir Litvinenko va prezidentning tanishi Oleg Rudnov bilan aloqador ekanligini aniqlashgan.

Putinning to‘qsoninchi yillarda orttirgan tanishlari «Proyekt» jurnalistlariga Krivonogixlar haqida so‘zlab berishdan bosh tortishgan. Tadqiqot mualliflariga ko‘ra, buning sababi Krivonogixning qizi Yelizavetadir. U 2003 - yilda, Putin o‘z karyerasida ilk bor qayta saylanishga tayyorgarlik ko‘rishni boshlagan paytda tug‘ilgan. «Proyekt» nashri jurnalistlari tanishib chiqqan hujjatlarda Yelizaveta Krivonogixning otasi ko‘rsatilmagan. Lekin otasining ismi Vladimir ekanligi aniqlangan.

«Proyekt» nashri ixtiyorida bo‘lgan suratlarda Yelizaveta Vladimirovna Rossiya prezidentiga nihoyatda o‘xshash ekanini ko‘rish mumkin. Kompyuter tahlillari shuni ko‘rsatdiki, Putin va Krivonogix qizi fotosuratlari o‘rtasidagi o‘xshashlik 70,44 foizni tashkil qiladi. 75 foizdan yuqori o‘xshashlik fotosuratlarda ayni odam aks etganini anglatadi. «Proyekt» jurnalistlari hali voyaga yetmagan Krivonogixning fotosuratlarini e’lon qilishmadi.

Prezident matbuot kotibi Dmitriy Peskov «Loyiha» jurnalistlariga Krivonogix ismini birinchi marta eshitayotganini aytdi. Krivonogixning o‘zi jurnalistlar bilan suhbatlashishdan bosh tortdi. «Rossiya» banki esa jurnalistlar murojaatiga javob bermadi.

XS
SM
MD
LG