Линклар

Шошилинч хабар
23 апрел 2024, Тошкент вақти: 20:51

Qirg‘iz-tojik chegarasida otishma. KXShT tomonlarni o‘t ochishni to‘xtatishga chaqirdi


Qirg‘iz-tojik chegarasidagi To‘rtko‘cha hududi. 27 -yanvar 2022 - yil.
Qirg‘iz-tojik chegarasidagi To‘rtko‘cha hududi. 27 -yanvar 2022 - yil.

27 - yanvar oqshomida qirg‘iz-tojik chegarasida ikki davlat chegarachilari o‘rtasida otishma yuz berdi. Guvohlarning bildirishicha, otishma hanuz davom etmoqda.

Ikki davlat o‘rtasidagi otishma mahalliy vaqt bilan soat 19:30 (Toshkent vaqti bilan soat 18:30) da boshlangan. Qirg‘iziston Chegara xizmati 27 - yanvar soat 20:30 da Qirg‘iz-Tojik chegarasidagi vaziyat keskinlashgani to‘g‘risida xabar berdi.

Ozodlik tojik xizmati manbalari kamida bir kishining halok bo‘lgani haqida xabar bergan.

MDHning Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkilotining bildirishicha, chegaradagi otishmada yaralanganlar bor. KXShT Bosh kotibi Stanislav Zas Tojikiston va Qirg‘izistonni chegarada o‘t ochishni to‘xtatishga chaqirdi. Tashkilot matbuot xizmati tarqatgan bayonotda aytilishicha, KXShT Tojikiston va Qirg‘izistonga ziddiyatni tinch yo‘l bilan hal qilishda ko‘mak berishga tayyor.

Tojikiston va Qirg‘iziston MDHning KXShT a’zolari sanaladi.

Avvalroq Qirg‘iziston hukumatining Botken viloyatidagi vakili o‘rinbosari Ma’rufxon Tulayev ziddiyat hududidan aholini evakuatsiya qilish boshlanganini bildirgan.

Unga ko‘ra, birinchi navbatda otishma hududidagi qishloqlardan qariyalar, ayollar va bolalar evakuatsiya qilinmoqda.

Otishma boshlangani haqidagi xabarni Ozodlik radiosi qirg‘iz xizmatiga Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik qo‘mitasining Chegara xizmati Botken viloyati boshqarmasi rahbari Qiyalbek To‘lo‘nov ma’lum qildi.

To‘lo‘nov “otishma boshlandi, har ikki tomon bir-biriga o‘q otmoqda”, degan ma’lumotni aytish bilan cheklandi.

Qirg‘iziston Chegara xizmati 27 - yanvar kuni mahalliy vaqt bilan soat 20:30 da qirg‘iz-tojik chegarasidagi vaziyat keskinlashgani to‘g‘risida xabar berdi.

Avvalroq Chegara xizmati ikki davlat o‘rtasidagi To‘rtko‘cha hududida Toshkent vaqti bilan soat 18:30 da otishma boshlanganini bildirgan edi.

Dastlabki ma’lumotlarga qaraganda, To‘rtko‘cha hududidan o‘tuvchi Botken-Isfana avtoyo‘lini Tojikiston fuqarolari to‘sib qo‘ygan. Ikki davlat chegarachilarining muzokaralari natijasida 19:30 da yo‘l ochilgan.

Ammo soat 19:35 da Tojikiston tomonidan Qirg‘izistonga qarata o‘q otila boshlangan. Ayni paytda To‘rtko‘chadan tashqari Chirdo‘bo‘ qishlog‘ida ham otishma boshlangani, Tojikiston tomoni minomyot va granatomyotlardan o‘q otayotgani xabar qilindi.

Tojikistonning Isfara shahri hokimligi matbuot kotibi Zubaydullo Shamodov Ozodlik radiosi tojik xizmatiga Qirg‘iziston bilan chegarada otishma bo‘layotganini rasman tasdiqladi. Unga ko‘ra, otishma ikki davlat chegarachilari o‘rtasida bo‘lmoqda.

Ozodlik radiosi tojik xizmatining bildirishicha, Chorkuh qishloq jamoatiga qarashli Somoniyon qishlog‘i otishmalar markazi bo‘lib qolayotir.

Shamodov To‘rtko‘cha hududini qirg‘iz fuqarolari to‘sib qo‘yganini va shu munosabat bilan mahalliy hokimiyat shoshilinch yig‘ilish o‘tkazayotganini bildirgan.

970 kilometrga cho‘ziluvchi qirg‘iz-tojik chegarasining qariyb 450 kilometri hali ham belgilanmagan.

O‘tgan yil aprelida ikki davlat chegarasida yuz bergan qurolli to‘qnashuvda o‘nlab harbiy va tinch aholi vakillari halok bo‘lgan.

Қирғиз-тожик чегарасидаги зиддият: Икки томон ўт очишни тўхтатишга келишди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:05:04 0:00

Ziddiyat har ikki tomondan vayronalarga sabab bo‘lgan edi.

XS
SM
MD
LG