Линклар

Шошилинч хабар
18 сентябр 2021, Тошкент вақти: 04:23

Qirg‘iziston: Marhum huquqbon Azimjon Asqarov ishi bo‘yicha yangi tergov o‘tkaziladi


Azimjon Asqarov 2020 - yil iyunida Qirg‘iziston qamoqxonasida vafot etgan - Bishkek mahkamasi, 10 - yanvar, 2017

Qirg‘iziston Bosh prokuraturasi 2020 - yilning iyunida qamoqxonada vafot etgan huquqbon Azimjon Asqarov ishi bo‘yicha yangi tergov boshlashga tayyorlanmoqda.

Yevropa Ittifoqining Qirg‘izistondagi vakolatxonasi xabarnomasiga ko‘ra, bu haqda 6 - sentabr kuni Bryusselda, Yevropa Ittifoqi va Qirg‘iziston o‘rtasidagi Inson huquqlari bo‘yicha har yili o‘tkaziladigan muloqot chog‘ida qirg‘iz tomoni ma’lum qilgan.

Qayd etilishicha, Qirg‘izistondagi inson huquqlari bilan bog‘liq vaziyat rivoji muhokama qilinishi asnosida alohida holatlar, jumladan, huquqbon Azimjon Asqarov ishi ham tilga olingan.

Азимжон Асқаров Ўзбекистонда дафн этилди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:01:39 0:00

“Yevropa Ittifoqi xolis va shaffof tergov o‘tkazish zarurligini eslatdi. Qirg‘iziston tomoni Bosh prokuratura yangi tergov boshlashga hozirlik ko‘rayotganini ma’lum qildi”, deya xabar qiladi YeI vakolatxonasi.

Huquqbon Azimjon Asqarov 2010 - yil iyun voqealariga va militsiya xodimi o‘limiga aloqadorlikda gumon qilinib, umrbod qamoq jazosiga hukm qilingan edi. U qamoqxonada zotiljam xastaligiga chalinib, 2020 - yil 25 - iyul kuni 69 yoshida vafot etgan. Huquqbon jasadi O‘zbekistonga keltirilib, dafn qilingan.

Asqarovning o‘limidan so‘ng Jenevadagi BMT Inson huquqlari bo‘yicha oliy komissarligi mazkur holat bo‘yicha mustaqil tekshiruv o‘tkazish zarurligi va marhum huquqbonning oilasi Qirg‘iziston hukumatidan tovon puli undirishga haqli ekani haqida bayonot berdi. Boshqa qator xalqaro tashkilotlar ham Azimjon Asqarovning vafot etishi munosabati bilan qirg‘iz hukumatiga nisbatan tanqidiy fikrlar bildirdi.

Asqarovning o‘limiga bir yil to‘lganida huquqbonlar hamjamiyati yana bir karra Qirg‘iziston hukumatini BMT Inson huquqlari qo‘mitasi tavsiyalarini bajarishga, shuningdek, Asqarov o‘limini mustaqil tergov qilib, marhumning oilasiga tovon to‘lashga chaqirdi.

Азимжон Асқаров: ҳуқуқ ҳимоячиси, умрбод қамоқ жазоси ва сўнгги васият
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:09:25 0:00

Joriy yilning iyul oyida Bishkek shahri sudi Sverdlov tumani sudining Azimjon Asqarov o‘limi fakti yuzasidan ochilgan jinoyat ishini yuritishni to‘xtatish haqidagi qarorini bekor qildi. Ish qayta ko‘rish uchun birinchi instansiya sudiga jo‘natildi.

XS
SM
MD
LG