Линклар

Шошилинч хабар
25 июл 2021, Тошкент вақти: 16:45

Qirg‘iziston muftiysi iste’fo berdi. Diniy idora pullari "foizga berilgani" tergov qilinmoqda


Qirg‘izistonning endilikda sobiq muftiysi Maqsatbek hoji To‘qto‘mushev.

Qirg‘iziston muftiysi Maqsatbek hoji To‘qto‘mushev 10 - fevralda musulmonlar diniy idorasidagi korrupsiyaviy janjal ortidan iste’fo berdi. Diniy idoraning bildirishicha, muftiy ishdan ketish to‘g‘risida o‘z ixtiyori bilan ariza yozgan.

Maqsatbek xoji To‘kto‘mushev iste’fo to‘g‘risida ariza yozishidan bir necha soat oldin Milliy xavfsizlik qo‘mitasi muftiyat bosh hisobchisi muftiyat pullarini foizga qarzga berib, noqonuniy daromad topishda gumonlab qo‘lga olingani haqida bildirdi.

Ayni paytda muftiyat faoliyatidan xabardor bo‘lgan ayrim tahlilchilar, bu voqeani muftiy lavozimi uchun olib borilayotgan kurash hosilasi sifatida baholamoqda.

Milliy xavfsizlik qo‘mitasining bildirishicha, muftiyat rahbariyati Haj va Umra ziyoratiga boradiganlardan diniy idora hisobiga olinadigan pullarni noqonuniy aylantirish va daromad topish bilan shug‘ullangani tekshirilmoqda. Xavfsizlik qo‘mitasi muftiyat ziyoratchilardan olingan yuz million so‘m (1 million 176 ming 470 dollar) mablag‘ni moliya tashkilotlariga qarzga berib, ulardan har oyda "foiz olib turgani"ni aytgan.

Rasmiy bildiruvda aytilishicha: “Bu noqonuniy harakat aniqlanganidan so‘ng diniy idora rahbarlari ishni bosdi-bosdi qilish, tergovni to‘xtatish uchun Milliy xavfsizlik qo‘mitasi xodimlariga yuz ming dollar pora taklif qilishgan. 9 - fevralda bu holat yuzasidan “Katta miqdorda pora berish” ayblovi bo‘yicha sudgacha tergov o‘tkazilishi Jinoyatlar va qonunbuzarliklar yagona reestrida qayd etildi. Shu kuniyoq muftiyatning bosh hisobchisi Milliy xavfsizlik qo‘mitasining xodimlariga pora berayotganida qo‘lga olindi”.

Qo‘lga olingan shaxs Milliy xavfsizlik qo‘mitasi hibsxonasida saqlanmoqda, tergov ishlari olib borilmoqda.

Muftiyat matbuot kotibi hozircha bu masalada matbuotga munosabat bildirmadi. Muftiyat sud hukmi e’lon qilinganidan so‘ng o‘z munosabatini bildirishini ma’lum qildi.

Qirg‘iziston Davlat din komissiyasining sobiq raisi Aqin To‘qtaliyev esa bu voqeaga munosabat bildirar ekan:

-Haj mavsumi yaqinlashayotgani ortidan muftiy lavozimini egallash uchun kurash boshlandi. Qirg‘izistonga haj uchun 5500 kvota beriladi. Shuning 500tasi xorij davlatlari fuqarolariga 5-10 ming dollardan sotiladi,- deb aytdi.

Unga ko‘ra, bu janjal ortida amaldagi prezident Sadir Japarovning atrofidagi odamlar turgan bo‘lishi ehtimol.

Aytib o‘tish lozimki, Aqin To‘qtaliyev 9 - fevral kuni prezident farmoni bilan Qirg‘iziston Davlat din komissiyasining raisi lavozimidan bo‘shatilgan.

XS
SM
MD
LG