Линклар

Шошилинч хабар
27 июл 2024, Тошкент вақти: 06:57

Qirg‘izistonda yana TikTok'ni cheklash urinishlari kuzatilmoqda


Qirg‘iziston Raqamli rivojlanish vazirligi qoshidagi Aloqa sohasini boshqarish va nazorat qilish xizmati mahalliy operatorlarga TikTok ijtimoiy tarmog‘iga kirishni cheklash bo‘yicha chora ko‘rish zarurligi to‘g‘risida xat yo‘lladi. Bu haqda bir necha nashr vazirlik vakillaridan olingan ma’lumotga tayangan holda xabar qildi.

OAV xabarlariga ko‘ra, vazirlik bu qarorni Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi xati asosida qabul qilgan. Bunga ijtimoiy tarmoq tomonidan “Qirg‘izistonda bolalar salomatchiligiga, ularning jismoniy, intellektual, ruhiy, ma’naviy va axloqiy rivojlanishiga zarar yetkazilishining oldini olish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qonunning 2-moddasi 1-bandiga rioya qilinmagani sabab bo‘lgan.

OAV qaydicha, MXDQ xatida TikTok'da bolalar informatsion makonida “kontent senzurasiga tizimli va prinsipial yondashuv mavjud emas”ligi aytilgan. Operatorlarga ijtimoiy tarmoqqa kirishni cheklash uchun 18-aprelgacha muhlat berilgan.

Deputat Dastan Bekeshev ijtimoiy tarmoq blokirovkasiga oid qarorga izoh berar ekan, buning feyklarga qarshi kurash tendensiyasining davomi ekanini aytgan. Unga ko‘ra, mazkur tendensiya kuchayib, ijtimoiy tarmoqlarga qarshi kurashga aylanib ketgan.

Nima bo‘lganda ham, bu tendensiya davom etadi va shuning uchun ham VPN-servislardan foydalanishni o‘rganib turishni maslahat beraman”, deb yozgan deputat o‘z telegram-kanalida.

Bu Qirg‘iziston rasmiylarining TikTok ijtimoiy tarmog‘iga cheklov kiritish bo‘yicha ilk urinishi emas. 2023-yil noyabrida Qirg‘iziston Madaniyat vazirligi ijtimoiy tarmoqni blokirovka qilish haqida qaror chiqargan edi. Vazirlik xatida “ijtimoiy tarmoq kontenti o‘sib kelayotgan avlodning emotsional holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi” urg‘ulangan.

Shundan so‘ng mamlakat rasmiylari bilan muzokara o‘tkazish uchun Qirg‘izistonga TikTok direktori Sergey Sokolov kelgan. O‘shanda Madaniyat vazirligi Qirg‘iziston tomoni TikTok mas’ullari oldiga yosh cheklovini joriy qilish va platforma tartib-qoidalarini mamlakat qonunchiligiga muvofiq holatga keltirish shartini qo‘yganini bildirgan.

O‘tgan yil dekabrida Qirg‘izistonda TikTok blokirovka qilinmagani ma’lum bo‘lgan edi.

XS
SM
MD
LG