Линклар

Шошилинч хабар
26 апрел 2024, Тошкент вақти: 13:56

Qirg‘iziston prezidenti o‘z maoshini qisqartirdi


Qirg‘iziston prezidenti o‘z oylik maoshini 850 dollarga qisqartirish haqidagi farmonni imzoladi. Bu haqda Qirg‘iziston prezidenti ma‘muriyati ish boshqarmasi rahbari Turusbek Qo‘yonaliyev ma‘lum qildi.

Uning aytishicha, bundan buyon Qirg‘iziston prezidentining oyligi rasman 638 dollar bo‘ladi. Bu maoshga turli qo‘shimchalar qo‘shiladi va prezident oy oxirida 1276 dollar ish haqi oladi.

Mazkur farmon imzolanguniga qadar prezidentning oylik maoshi turli qo‘shimchalar bilan birgalikda 2116 dollarni tashkil etgan.

Prezident mamlakat byudjetida kamomad mavjudligi tufayli o‘z oylik maoshini qisqartirish qaroriga kelgan.
XS
SM
MD
LG