Линклар

Шошилинч хабар
20 апрел 2024, Тошкент вақти: 02:40

“Qiynoq mashinasi”: Rossiyalik huquqbon qamoqda tasvirga olingan videolarni e’lon qildi


Rossiyaning Irkutsk mintaqasidagi 19-sonli jazo muassasasi. Illyustrativ surat.
Rossiyaning Irkutsk mintaqasidagi 19-sonli jazo muassasasi. Illyustrativ surat.

Rossiyalik taniqli inson huquqlari faolining aytishicha, uning jamoasi Federal xavfsizlik xizmati (FSB) va Federal jazoni o‘tash xizmati (FSIN) agentlari mahkumlarni qiynoqqa solgani aks etgan ko‘plab videolarni qo‘lga kiritgan.

Vladimir Osechkinning 4 - oktabr kuni Feysbuk sahifasida yozishicha, videolar FSB va FSIN xodimlari mahbuslarni o‘zlari bilan hamkorlik qilishga majburlash uchun zo‘rlayotgani, qiynoqning boshqa turlarini qo‘llayotgan, mahbuslarning “o‘zini qiynoq mashinasining bir qismiga” aylantirib, ularni boshqa mahbuslar ortidan “quloq”lik qilish va ularga qarshi tergovchilar yozgan bayonnomalarga qo‘l qo‘ydirishga majburlayotganini “isbotlaydi”.

Rossiya prokuraturorlari 5 - oktabr kuni Osechkin avvalroq tarqatgan videolar yuzasidan boshlang‘ich tergov boshlaganganini ma’lum qilishdi. Kreml so‘zchisi Dmitriy Peskov videoda aks etgan holatlar to‘g‘riligini aniqlash uchun “jiddiy” tekshiruv boshlanishini aytdi.

Vot-tak.tv vebsaytida qo‘yilgan videolardan birida bog‘lab qo‘yilgan bir odamni bir necha odam katta tayoq bilan zo‘rlayotgani tasvirlangan.
Osechkinning aytishicha, bu video 2020 - yil fevralida Rossiya qamoqxonasida tasvirga olingan.

Mediazona vebsayti e’lon qilgan boshqa uch videoda esa, Saratovdagi qamoqxona kasalxonasida mahbuslar qiynoqqa tutilayotgani aks etgan.

Osechkinning Vot-tak.tv ga aytishicha, 40 Gb hajmdagi videolarni u IT- mutaxassisi bo‘lgan va hozirda xorijga qochgan bir sobiq mahbusdan olgan.
Huquqbonning so‘zlariga ko‘ra, sobiq mahkumning o‘zi ham qiynoqqa tutilgan va qamoqxona ma’murlari undan qiynoqlar tasvirga olingan videolarni qayta ishlashda foydalanishgan.

Osechkinga ko‘ra, bu odam Vladimir, Saratov va Irkutskdagi bir qancha qamoqxonalarda 2018‑20 - yillarda olingan videolar saqlanadigan kompyuterga kira olgan.

Osechkinning da’vosicha, ushbu muddatda 200 nafarcha mahbus FSB va FSIN agentlari tomonidan qiynoqqa tutilgan, videolarda esa 40 nafar mahbusning qiynoqqa solinishi aks etgan.

Bosh prokuratura so‘zchisi Andrey Ivanov 5 - oktabr kuni boshlang‘ich tergovning bir qismi sifatida Saratovdagi jazoni o‘tash maskanida mahkumlar tahqirlangani tekshirilishini aytdi.

FSIN esa, “ma’lumotning to‘g‘riligini tekshirish uchun” Moskvadan xodimlar yuborilganini bildirdi.

Jamoatchilik monitoringi komissiyasi raisi Denis Sobolov o‘tgan olti oy davomida u va mintaqaviy ombudsman videolardan birida tasvirlangan qamoqxonaga borgani, u yerda “birorta ham mahbus shikoyat qilmagani”ni aytdi.
Osechkin 2011 - yilda Rossiya bo‘ylab qamoqxonalardagi mahkumlar huquqlari buzilishini kuzatuvchi “Gulagu.net” inson huquqlari guruhini tashkil qilgan. U 2015 - yili Rossiyani tark etgan.

Iyul oyida FSB va FSINning talabi bilan “Roskomnadzor” guruhning vebsaytini bloklagan edi.

XS
SM
MD
LG