Линклар

Шошилинч хабар
26 апрел 2024, Тошкент вақти: 22:53

Qo‘qon hokimining sobiq o‘rinbosari 10 yilga qamaldi


Qo‘qon shahar hokimining sobiq o‘rinbosari Rashid Nurmatov pora olganlikda aybdor deb topilib, sud hukmiga ko‘ra, 10 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilindi.

Gorizont.uz sayti ma‘lumotiga ko‘ra, Rashid Nurmatov o‘tgan yil noyabr oyida 300 AQSh dollari miqdorida pora olayotgan paytda Milliy xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan hibsga olingan.

Tergov jarayonida aniqlanishicha, Qo‘qon shahar hokimining iqtisodiy-ijtimoiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari bo‘lgan Rashid Nurmatov “Asaka” bankining Qo‘qon shahar bo‘limi rahbaridan har oyda 300 AQSh dollari berishni talab qilgan.

Sud hukmiga ko‘ra Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora olish) bo‘yicha aybdor deb topilgan Rashid Nurmatovning qamoqdan ozod bo‘lganidan so‘ng uch yil davomida rahbar lavozimlarida ishlashi ham taqiqlandi.
XS
SM
MD
LG