Линклар

Шошилинч хабар
27 июл 2024, Тошкент вақти: 06:30

"Qozog‘iston boshqalarning xatosidan saboq chiqarmoqda". Ekspert Rossiyaning yangi front ochish ehtimoli haqida


Vladimir Putin safarbar qilinganlar uchun o‘quv markaziga tashrif chog‘ida. 2022-yil.
Vladimir Putin safarbar qilinganlar uchun o‘quv markaziga tashrif chog‘ida. 2022-yil.

Ukraina tashqi razvedka xizmati rahbari Aleksandr Litvinenko “Interfaks-Ukraina” nashri uchun yozgan maqolasida Rossiya bilan urushda tanglik pallasiga kirganidan, shuningdek Putinning maqsad va vazifalaridan bahs etdi. Bir necha kun oldin Rossiya Federatsiya kengashi mamlakatning 2024-yil uchun byudjetini tasdiqlagan edi. Unda harbiy xarajatlarga rekord summa ajratilishi ko‘zda tutilgan. Harbiy xarajatlar ilk bor ijtimoiy soha xarajatlaridan ortib ketgan.

“2026-yilda Rossiyada harbiy ishlab chiqarish hajmlari keng ko‘lamli yuqori darajada intensiv harbiy harakatlar olib borish uchun yetarli bo‘lishi, 2028-yilda esa Rossiya 2022-yildagi harbiy imkoniyatlarini tiklashi kerak. Rossiyaning 2024-2026-yillar uchun byudjeti aynan mana shu maqsadga erishishga qaratilgan. 2024-yildanoq byudjet xarajatlarining salkam 40 foizi urushga yo‘naltiriladi”, deb yozadi Aleksandr Litvinenko.

Tashqi razvedka xizmati rahbariga ko‘ra, Putin “Ukrainani 10-15 yil davom etadigan dunyoni qayta taqsimlash jarayonida, intensivligi turlicha mojarolar asnosidagina bosib olish mumkin”, deb ishonadi. Bunda, ehtimol, yadro qurolini qo‘llashga to‘g‘ri keladi, deb o‘ylaydi. Ayni chog‘da Kreml Ukrainaga qarshi urushni Rossiya uchun muhim deb hisoblaydi, ammo yagona front deb emas.

ОЗОДЛИК ФИЛЬМИ: Украина уруши ва ўзбеклар (2 қисм)
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:38:07 0:00

Shu o‘rinda, Litvinenko fikricha, Kreml oldida to‘rtta vazifa ko‘ndalang bo‘ladi: ichki barqarorlikni ta’minlash, G‘arbga muqobil davlatlar koalitsiyasini tuzish, o‘zga mamlakatlarga qarshi agressiyaga hozirlik ko‘rish hamda boshqa mintaqalar – Yaqin Sharq, Afrika va Bolqonda urush olovini yoqish. Bular orasida ayniqsa uchinchi bandga alohida e’tibor berish lozim.

Rossiya hukumati Ukrainaga emas, balki butun NATO blokiga qarshi urushyapmiz, deb bot-bot takrorlab kelmoqda. NATO esa Rossiyani birinchi raqamli tahdid deb hisoblaydi. Alyans Rossiya bilan urush ehtimolini hisobga olib “harbiy Shengen” yaratishni taklif qildi. NATO vakili Aleksandr Zolfrank izoh berishicha, bu qurolli mojaro chiqqan taqdirda turli mamlakatlar qo‘shinlarining blok ichida harakat qilishini osonlashtiradi va “jangovar harakatlar maydonini oldindan tayyorlab qo‘yishga” yordam beradi.

Harbiy-siyosiy ekspert, tarix fanlari nomzodi Yuriy Fyodorov “Nastoyashcheye vremya” bilan suhbatda Rossiyaning Yevropadagi yana bir mamlakatga hujum qilishi xavfi qanchalik real ekanligi haqida so‘zlab berdi.

– Ukraina Tashqi razvedka xizmati rahbari Aleksandr Litvinenko “Interfaks-Ukraina” nashrida e’lon qilingan maqolasida “ayni paytda Rossiyaning prioritetlaridan biri bu bo‘lg‘usi agressiyaga hozirlik ko‘rish”, deb yozadi va Moldova, Litva, Latviya, Estoniya kabi qator davlatlarni tilga oladi, shuningdek ushbu mamlakatlarda go‘yoki rusiyzabon aholi huquqlari buzilayotgani haqida Rossiyada ko‘p gapirilayotganiga e’tibor qaratadi. Sizningcha, Rossiya rostdan ham ushbu mamlakatlariga bostirib kirishi mumkinmi?

– Bu xavf anchadan beri bor, aniqrog‘i – Shoygu boshliq Rossiya armiyasi taxminan 2022-yil 24-fevraldagi qiyofaga kirgan vaqtdan beri. Boltiq mamlakatlariga hujumning real xavfi va buning uchun real imkoniyatlar 2017-2018-yillardayoq yuzaga kelgan. Bunga qadar Moskvada ham, G‘arbda ham Rossiya qo‘shinlari Boltiq mamlakatlariga bostirib kirgan taqdirda nima bo‘ladi, degan savol atrofida juda jiddiy tadqiqotlar qilingan. Umumiy xulosa esa anchayin tushkun bo‘lgan: agar shunaqa urush boshlansa, Rossiya armiyasi bir necha kundan so‘ng Litva-Polsha chegarasiga chiqarkan.

– Bu paytda NATO bloki nima qilayotgan bo‘ladi?

– Eng muhim savol shu edi. Moskvada bu savolga quyidagicha javob berilgan: “NATOning Boltiq mamlakatlarida joylashgan kontingenti Rossiya harbiy mashinasiga qarshilik ko‘rsata olmaydi, rus armiyasi ularni ustidan bosib o‘tib ketadi. Polsha chegarasiga chiqilganida esa NATO mamlakatlari uchun real muammo paydo bo‘ladi. Ular Boltiq davlatlari yana Rossiya okkupatsiyasi ostida qolishiga rozi bo‘lmasalar, katta urush chiqadi va unda Rossiya yadro qurolini ishga solishga majbur bo‘ladi. NATOga a’zo mamlakatlar o‘z hududlarini yadroviy portlashlardan saqlash uchun ham taslim bo‘lishdan boshqa chora topolmaydilar”. Moskva taxminan mana shu strategik mantiqqa tayangan.

– Hozirchi?

– Hozir Rossiyaga qiyinroq, chunki jang qilishi mumkin bo‘lgan deyarli hamma va hamma narsa Ukrainaga tashlangan va Ukrainada jang qilmoqda.

– Bundan kelib chiqadiki, yana bir nechta front ochish va boshqa davlatlar bilan urushishga Rossiyaning qurbi yetmaydi?

– Yetmaydi. Rossiya qurolli kuchlarining to‘rt yuz mingdan ziyod askar va ofitserlari hozir Ukrainada band. Aksari – quruqlik qo‘shinlari va havo-desant qo‘shinlarining harbiy xizmatchilari. Boltiq davlatlariga qarshi urushga esa shulardan boshqa qo‘shin turlari yaramaydi. Lekin ko‘p narsa Rossiyaning Ukraina bilan urushi qachon va qanday tugashiga, Rossiya bu urushdan qay ahvolda chiqishiga bog‘liq. Eng muhim masala shu. Qolaversa, Ukraina Tashqi razvedka xizmati boshlig‘i Rossiya kelasi yili va 2026-yilga qadar fantastik miqdorda harbiy xarajatlar qilishni rejalayotganiga juda to‘g‘ri urg‘u bergan. Keling, o‘sha raqamlarga biz ham diqqat qilaylik: 2021-yilgacha Rossiyaning yillik harbiy xarajatlari taxminan 3 trillion rublni tashkil qilgan bo‘lsa, 2023-yilda 6 trln rubldan oshgan. Kelgusi yilda 10,7 trln sarflash rejalangan, ya’ni xarajatlar taqriban 75 foizga oshadi! Keyin ular bir oz kamaytiriladi, ammo 2026-yilda taxminan 7,5 trillion rubl miqdorda saqlanadi. Ya’ni, Ukraina bilan urushgacha bo‘lgan ko‘rsatkichdan ikki baravarga oshadi.

Лукашенко Қозоғистондаги воқеалардан кейин расмий Тошкентни огоҳлантирди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:03:14 0:00

Ushbu xarajatlar Ukrainaga qarshi urushni o‘z shartlarida yakunlashga harakat qilish uchun kerak. Menimcha, hech nimaga erisha olishmaydi, lekin bu boshqa masala, undan so‘ngra Rossiya qurolli kuchlarini byudjet tuzuvchilar va rus generallari nazdida NATO bilan urushishga qodir darajaga etkazish lozim bo‘ladi. Bu yerda NATO qanday reaksiya bildiradi, degan savol kelib chiqadi. Menimcha, Alyans Rossiyaga munosib javob beradi.

– NATO a’zolariga, Boltiq mamlakatlariga bosqin bo‘lishi ehtimoli haqida gapirdingiz. Ammo Tashqi razvedka boshlig‘i sanab o‘tgan davlatlardan Moldovani tilga olmadingiz.

– Ukraina jang qilib turgan ekan, frontda taxminan hozirgidek vaziyat saqlanib turarkan, Moldovaga bostirib kirish Rossiya uchun jismonan imkonsiz bo‘lib qolaveradi. Moldovada joylashgan Rossiya harbiy kontingentiga kelsak, u juda kichik, atigi ikki batalьon, ular ham asosan ko‘ngilli bo‘lib xizmat qiluvchi mahalliy xalq vakillaridan tuzilgan, tanklar tugul, zirhli mashinalari ham kam. Bu kontingentning kuchi o‘ta cheklangan, boz ustiga Moldova Ruminiya va boshqa NATO mamlakatlari yordamida o‘z armiyasini xiyla oyoqqa turg‘azib oldi. Harbiy harakatlar boshlangudek bo‘lsa Rossiya Moldovaga, Dnestrbo‘yiga uchoqlarda madad kuchlarini etkazib bera olmaydi.

Qozog‘iston xususida nima deya olasiz?

– Qozog‘iston bilan ham qiyin bo‘ladi. Qozoqlarda tuzukkina armiya bor. Ha, shimoliy viloyatlarda yashovchi slavyan aholi muammo bo‘lishi mumkin, biroq Qozog‘iston hukumati bunga yo‘l qo‘yib beradi deb o‘ylamayman. Ular boshqalarning xatolaridan saboq chiqarishyapti.

XS
SM
MD
LG