Линклар

Шошилинч хабар
27 июл 2024, Тошкент вақти: 06:08

Qozog‘iston Energetika vazirligi O‘zbekistonga transportirovka qilinayotgan Rossiya gazi hajmi uch baravar oshishini bildirdi


Illyustrativ surat
Illyustrativ surat

O‘zbekiston Qozog‘iston hududi orqali transportirovka qilinayotgan Rossiya gazi hajmi joriy yilda 2023-yilga nisbatan qariyb uch baravar oshadi. Bu haqda TASS agentligiga Qozog‘iston Energetika vazirligi matbuot xizmati ma’lum qilgan.

Gazprom” ochiq aksiyadorlik jamiyati va Qozog‘iston Respublikasi hukumati o‘rtasida imzolangan strategik hamkorlik to‘g‘risidagi shartnoma doirasida O‘zbekistonga 2023-yili yetkazib berilgan 1,28 milliard kub metrlik Rossiya gazi yillik transportirovka hajmini 2024-yilda 3,8 milliard kub metrgacha oshirish belgilangan”, deya bildirganlar Qozog‘iston Energetika vazirligi vakillari.

O‘zbekiston 2023-yilning oktabridan Rossiya gazini Qozog‘iston hududi orqali import qilishni boshlagandi.

O‘zbekistonning 2024-yil birinchi choragiga mo‘ljallangan investitsiya dasturida Rossiyadan tabiiy gaz importi hajmini oshirish maqsadida magistral gaz tizimini modernizatsiya qilish rejalashtirilgani qayd etilgan.

Ozodlik mart oyi boshida “Putinning bir qo‘lidan ikkinchi qo‘liga. "Gazli" ombori Fozilovga o‘tdi” deb nomlangan surishtiruvni e’lon qilgan.

Surishtiruvda O‘zbekiston energetikasining de-fakto qiroliga aylangan Baxtiyor Fozilov endilikda mamlakat gaz-transport tizimining "yuragi" sanalgan "Gazli" gaz omborini ham qo‘lga olgani aytiladi.

Ukrainadagi urush ortidan yuzaga kelgan yangi geosiyosiy reallikda Rossiya gaz quvurlari o‘tuvchi Qozog‘iston va O‘zbekiston bilan "Gaz ittifoqi" deb atalgan maxfiy kelishuv imzoladi, O‘zbekistonga 2.8 milliard kub metr gaz import qilish iddaosi bilan bu quvurlarni revers rejimida ishga tushirdi.

O‘zbekiston hukumati hozirgacha 2023-yil 7-oktabr - Putinning tug‘ilgan kunida tantana bilan start berilgan bu kelishuv ortidan qancha gaz, qancha narxda import qilinganiga oid biror ma’lumotni ochiqlamagan”, deyilgan Ozodlik surishtiruvida.

XS
SM
MD
LG