Линклар

Шошилинч хабар
26 апрел 2024, Тошкент вақти: 02:02

Qozog‘iston: Hukumatni tanqid qilgan bloger majburan ruhiy shifoxonaga yotqizildi


Mustaqil jurnalist Aygul Utepova ruhiy shifoxonaga olib ketilishidan oldin - Nur-Sulton, 23 - noyabr, 2020
Mustaqil jurnalist Aygul Utepova ruhiy shifoxonaga olib ketilishidan oldin - Nur-Sulton, 23 - noyabr, 2020

Taqiqlangan tashkilot faoliyatiga aloqadorlikda ayblanayotgan qozog‘istonlik bloger va jurnalist Aygul Utepova sud qarori bilan ruhiy shifoxonaga olib ketildi.

O‘tgan hafta appelyatsiya sudi Utepovani majburan ruhiy shifoxonaga yotqizish qarorini o‘z kuchida qoldirgan edi.

Shu sababdan 23 - noyabr kuni Qozog‘iston poytaxti Nur-Sulton shahri politsiyasi uni yashash manzilidan olib ketdi.

Politsiya mashinasiga o‘tirishdan oldin Utepova Ozodlik muxbiriga hech qanday kasallikdan aziyat chekmayotgani va ruhan soppa-sog‘ ekanligini aytdi.

«Yaqinda o‘tkazilgan tibbiy ko‘rik ortidan mutlaqo sog‘lom ekanligim xulosa qilindi. Hozirgi ahvolim sog‘ligim bilan bog‘liq emas. Bu qaror siyosiy asosga ega», - dedi Utepova.

Nur-Sulton sudining qaroriga ko‘ra, 50 yoshga to‘lgan Utepova aql-idrokini tekshirish uchun uni bir oy davomida ruhiy shifoxonaga yotqizish kerak.

Utepova 17 - sentabr kuni Facebookda koronavirus epidemiyasini cheklash bo‘yicha rasmiy choralarni tanqid qilib post yozganidan keyin uy qamog‘iga olingan edi.

O‘tgan hafta uni sudgacha uy qamog‘ida ushlab turish muddati 27 - dekabrga qadar uzaytirildi.

Qozog‘iston rasmiylari jurnalistni mamlakatda ekstremistik guruh deb topilgan va taqiqlangan «Qozog‘iston demokratik tanlovi» muxolifat harakatini qo‘llab-quvvatlashda ayblamoqda.

Utepova ushub harakatga aloqasi yo‘qligi, shunchaki o‘z qarashlarini izhor qiluvchi mustaqil jurnalist va bloger ekanini aytib keladi.

Utepovaning qizi Ozodlik bilan suhbatda rasmiylar onasini ruhiy shifoxonaga yotqizish orqali 10 - yanvarga belgilangan Qozog‘iston parlament saylovlari oldidan uning ovozini o‘chirishga urinayotganini aytdi.

Amnestry International tashkiloti yaqinda bayonot e’lon qilib, Utepova «o‘z nuqtai nazarini tinch yo‘l bilan ifoda etgani uchungina jinoiy javobgarlikka tortilayotgan vijdon mahbusi» deya ta’riflagan edi. Tashkilot Qozog‘iston rasmiylarini uni zudlik bilan ozod qilishga chaqirdi.

Inson huquqlarini himoya qiluvchi tashkilotlar Qozog‘iston hukumatini mustaqil va muxolif jurnalistlarni ta’qib qilayotgani uchun uzoq yillardan beri tanqid qilib keladi.

2018 - yilda Chimkent shahri sudi o‘z maqolalarida hukumatni tanqid qilgan jurnalist va bloger Ardaq Ashimni majburan ruhiy shifoxonaga yotqizish qarorini chiqargan edi.

Ashim ozodlikka chiqqanidan so‘ng mamlakatni tark edi. Ayni damda u Ukrainada yashamoqda.

XS
SM
MD
LG