Линклар

Шошилинч хабар
12 декабр 2024, Тошкент вақти: 19:59

Qozog‘iston shirkati Humo‘ni xususiylashtirish jarayonida ishtirok etmaydi


Illyustrativ surat
Illyustrativ surat

Qozog‘istonning Kaspi.kz texnologik kompaniyasi O‘zbekistonning Humo to‘lov tizimini xususiylashtirish jarayonida ishtirok etmaydigan bo‘ldi.

Biz bu jarayonda ishtirok etishni davom ettirmaslikka qaror qildik... Biz O‘zbekistonning qiziqarli raqamli transformatsiyasida ishtirok etish uchun imkoniyatlarni izlashni davom ettiramiz”, deyilgan shirkat bayonotida.

Ayni paytda kapitallashuvi taxminan 24 milliard dollar deb baholanayotgan Kaspi.kz kompaniyasi joriy yil avgust oyida O‘zbekiston Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga Humo‘ni xususiylashtirishdan manfaatdorligini bildirib xat yo‘llagandi.

“Milliy banklararo protsessing markazi” AJ – bank to‘lov kartalariga asoslangan Humo to‘lov tizimi O‘zbekiston to‘lov tizimining tarkibiy qismi hisoblanadi. Ustav kapitali 155,4 mlrd so‘mni tashkil etuvchi tizim 27 milliondan ziyod karta chiqargan, 210 mingdan ortiq terminal va 6,4 mingdan ko‘proq bankomat o‘rnatgan.

Ayrim tahlilchilar Qozog‘iston shirkatining bu tariqa “o‘yindan chiqqani”ni O‘zbekistondagi xususiylashtirish jarayoniga ishonchsizlik o‘laroq talqin qilgan.

Ozodlik avvalroq O‘zbekistonda xususiylashtirish bo‘yicha berilgan ko‘plab va’dalar amalga oshmagani, jumladan, savdolar bo‘yicha muddatlar va yirik korxonalarning ommaviy ro‘yxatlari doimiy ravishda ortga surilganiga e’tibor qaratgandi.

XS
SM
MD
LG