Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 17:57

Qurilish vaziriga aloqador shirkatga berilgan loyiha $42,5 millionga qimmatladi


Islom sivilizatsiyasi markazini qurish uchun Toshkentning mashhur "Hazrati Imom" ( Xastimom) majmuasi atrofidagi 250 ga yaqin xonadon buzilgan.
Islom sivilizatsiyasi markazini qurish uchun Toshkentning mashhur "Hazrati Imom" ( Xastimom) majmuasi atrofidagi 250 ga yaqin xonadon buzilgan.

O‘zbekistonda Qurilish vaziri Botir Zokirovning oila-a’zolari ta’sischi va asosiy hissadorlaridan bo‘lgan "Trest-12" shirkatiga Islom sivilizatsiyasi markazi qurilishi uchun 1,7 trillion so‘m mablag‘ (2021 - yil 12 - oktabrdagi Markaziy bank kursi bo‘yicha $161,5 million) ajratilishi ma’lum bo‘ldi. Bu loyihaning avval e’lon qilingan umumiy qiymatidan (119 million) 42,5 million AQSh dollariga ko‘p, degani.

Mahalliy nashrlar Toshkent shahri Olmazor tumani hududida qurilayotgan markaz qurilishi bo‘yicha 11 - oktabr kuni Toshkent shahar hokimligining "Yagona buyurtmachi xizmati" IK hamda pudratchi "Trest-12" shirkati o‘rtasida yangi shartnoma tuzilgani haqida yozdi.

Islom sivilizatsiyasi markazini qurish prezident Shavkat Mirziyoyevning 2017 - yildagi "O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida O‘zbekistondagi Islom madaniyati markazini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori.asosida boshlangan edi.

Ўзбекистонда Қурилиш вазирининг оиласи қарийб ярим триллион сўмлик давлат лойиҳасини қўлга киритди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:04:56 0:00

Qurilish vazirining xotini va o‘g‘li aksiyadorlari bo‘lgan “Trest 12” shirkati loyihaning bosh pudratchisi etib tanlangandi.

11 - oktabr kuni imzolangan yangi shartnomada mazkur loyiha uchun jami 1 trln 723 mlrd so‘m (O‘zbekiston Markaziy banki kursi bo‘yicha bu 161 million dollardan ortiq) mablag‘ sarflanishi ko‘zda tutilmoqda.

Moliyaviy hujjatlarga ko‘ra, 2018 - yildan buyon Islom sivilizatsiyasi markazi qurilishiga 650 milliard so‘m atrofida mablag‘ sarflangan.
Moliyaviy hujjatlarga ko‘ra, 2018 - yildan buyon Islom sivilizatsiyasi markazi qurilishiga 650 milliard so‘m atrofida mablag‘ sarflangan.

Hujjatda 2018 - yildan buyon markaz qurilishiga, qo‘shimcha qiymat solig‘ini ham qo‘shib hisoblaganda 650 milliard so‘m atrofida mablag‘ sarflangani aytiladi, qilinajak qolgan ishlar qiymati qariyb 1 milliard 100 million so‘m atrofida baholangan.

2017 - yilda imzolangan oldingi shartnomada qurilishi qiymati qancha bo‘lgani ma’lum emas.

Prezident qarorida markaz binosi qurilishiga rossiyalik milliarder, asli o‘zbekistonlik Alisher Usmonov homiylik qilishi ko‘rsatib o‘tilgan.

"Markazning ma’muriy va asosiy binolarini qurish, uning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash borasidagi ishlar mashhur vatandoshimiz, rossiyalik tadbirkor Alisher Usmonovning homiylik xayriya mablag‘lari hisobidan amalga oshirilishi inobatga olinsin", - deyiladi hujjatda.

Usmonov markaz qurilishi uchun 100 million dollar ajratgani ma’lum qilingan.

250ga yaqin xonadon buzib tashlangan

O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiya markazi Toshkentning mashhur "Hazrati Imom" majmuasi hududidagi 7 gektarlik maydonda barpo etilmoqda.

Markaz binosining uzunligi 145 metrni, eni esa 115 metrni tashkil etib, bino uch qavatdan iborat bo‘ladi. Binoning markazi gumbazi balandligi 64 metrni tashkil etadi.

Yangi qurilishga yer ochish uchun uch yil avval 250ga yaqin xonadon buzib tashlangan edi.

Aholi noroziligi ortidan uylari buzilganlarga shahar chekkasida yangi qurilgan turar joy binolaridan xonadonlar ajratib berilgan.

Shavkat Mirziyoyev Islom sivilizatsiyasi markazi qurilayotgan maydonni ko‘zdan kechimoqda, 2019 - yil.
Shavkat Mirziyoyev Islom sivilizatsiyasi markazi qurilayotgan maydonni ko‘zdan kechimoqda, 2019 - yil.

Toshkentlik Muyassar opa buzilgan olti xonali uyi evaziga shahar chekkasidan to‘rt xonali kvartira berishganini aytadi.

“Shahar markazida olti xonali xonadonda, farzand va nevaralar, hammasi bo‘lib 8 kishi yashardik. O‘sha paytda tez-tez bo‘shatasizlar uylar buziladi, deb kelishdi hokimiyatdan. Hamma norozi bo‘lgan. 250ta uy buzilgan o‘shanda. Kvartira bizga to‘g‘ri kelmaydi, deganmiz. Hokimiyatdagilar kvartira bo‘lmasa pul beramiz deyishgan. U pulga shahar chekkasidan ham uy bermasdi. Shunga kvartiraga ko‘chishga majbur bo‘lganmiz, chunki ko‘chada qolib qolishimiz ham mumkin edi. Lekin, o‘sha uy narxiga bunaqasidan ikkita kvartira olsa bo‘lardi. Odamlarni norozi qilib, qurishyapti u obyektlarni, - deydi Muyassar opa.

Manfaatlar to‘qnashuvi

Bundan oldin umumiy qiymati qariyb yarim trillion so‘mga teng Toshkentning Mustaqillik maydonidagi ma’muriy bino rekonstruksiyasi va avtoturargoh qurilishi loyihasining hech qanday tendersiz berilgani hukumat doiralaridagi manfaatlar to‘qnashuvi haqidagi savollarni o‘rtaga chiqargandi.

O‘zbekiston Korxona va tashkilotlarning yagona davlat reestri hujjatlariga ko‘ra, “Trest-12” shirkatining 51,1 foizlik aksiyasi Toshkent shahar hokimligiga, 19,1 foizi esa Qurilish vazirining rafiqasi Muazzam Zokirovaga, 14,1 foizlik aksiyasi vazirning o‘g‘li Jasur Zokirovga tegishli.

Aksiyadorlar orasida yana 12 kishining ismi keltirilgan. Ular orasida Qurilish vazirining jiyani Muhayyo Zokirova ham bor.O‘zbekiston Korxona va tashkilotlarning yagona davlat reestridan olingan hujjat.

Botir Zokirovning o‘zi ham Qurilish vaziri bo‘lguniga qadar 2019 - yilda “Trest-12” aksiyadorlaridan biri, 1996-2011 - yillarda esa kompaniya boshqaruvi raisi bo‘lgani ma’lum.

O‘zbekiston Korxona va tashkilotlarning yagona davlat reestridan olingan hujjat.
O‘zbekiston Korxona va tashkilotlarning yagona davlat reestridan olingan hujjat.

Qurilish vaziriga aloqador “Trest-12” shirkatining qanday asosda Toshkent markazidagi bir necha yuz milliard so‘mlik yirik qurilish loyihalari pudratchisi etib tanlab olingani haqida hanuz rasmiy izoh berilgani yo‘q.

Ozodlikning vazirlik saytida keltirilgan telefon raqamlariga qilingan qo‘ng‘iroqlariga hech kim javob bermadi.

“Trest-12” shirkati rahbari Fahriddin Nazirovning yordamchisi Ozodlikka: “Hozir ofisda hech kim yo‘q, boshliq qurilish obyektida”, deya javob berdi.

Avvalroq O‘zbekiston Qurilish vazirligida ishlovchi o‘rta bo‘g‘in mulozimlardan biri Ozodlik bilan suhbatda bunday qimmat loyihalar davlat hisobidan qurilishi sabab "shaxsan prezident Mirziyoyev ko‘rsatmasi bilan “Trest-12”ga ishonib topshirilgani"ni aytgandi.

Britaniyadagi Alster (Ulster) universitetining kriminologiya bo‘yicha professori Kristian Lassletga ko‘ra, O‘zbekiston Qurilish vazirining rafiqasi va o‘g‘li aksiyadorlari bo‘lgan “Trest-12” shirkati Toshkent markazidagi yirik qurilish loyihasi pudratchisi etib tanlangani manfaatlar to‘qnashuvi bilan bog‘liq xavotirlarni tug‘diradi.

“Yarim trillion so‘mlik loyihaning Qurilish vaziriga aloqador shirkatga tendersiz berilishi juda xavotirli. Bu yuqori doiralardagi manfaatlar to‘qnashuvi borasida jiddiy xavotirlarni uyg‘otadi. Bu yerda shaffoflik prinsiplari buzilyapti. Yirik loyihalar ochiq va raqobatga asoslangan tenderlarsiz amalga oshirilayotgani muammoli vaziyatlarni keltirib chiqaradi. Umume’tirof etilgan prinsiplarga zid bunday amal byudjet pullarining bir hovuch odamlar qo‘lida talon-taroj bo‘lib ketishi uchun ham yo‘l ochadi”, - deb ta’kidlaydi Lasslett Ozodlik bilan suhbatda.

Xalqaro maydondagi davlat va xususiy biznes manfaatlari to‘qnashuvini tadqiq qilib kelaëtgan professor Lasslettning Ozodlik bilan suhbatda aytishicha, Qurilish vaziri Botir Zokirovga aloqador “Trest-12” shirkatiga bir necha million dollarlik qurilish loyihalar birinchi marta tendersiz berilayotgani yo‘q.

O‘zbekistonda so‘nggi 10 yil ichida bu shirkat umumiy qiymati $800 milliondan ziyod o‘nlab qurilish-ta’mirlash ishlarini bajargan.

“Bir qancha davlatlardagi O‘zbekistonning vakolatxonalari, jumladan Tojikiston va Qozog‘istondagi elchixonalari rekonstruksiyasidan tortib Hyatt Regency mehmonxonasi va loyiha qiymati sal kam 100 million dollarlik Islom sivilizatsiyasi markazi qurilishlari loyihalarini “Trest-12” bajargan. Bizda bu qurilishlarga oid hujjatlar mavjud va shu hujjatlarda shirkat tendersiz tanlab olinganini ko‘rish mumkin. ”, - deydi britaniyalik tadqiqotchi.

“Trest-12” shirkati Vazirlar Mahkamasi, Senat, Moliya vazirligi binolari, “Bunyodkor” stadioni, Hyatt Regency mehmonxonasi va loyiha qiymati sal kam bir trillion so‘m deb baholangan Islom sivilizatsiyasi markazi hamda Toshkentdagi “G‘alaba bog‘i” qurilishlari loyihalarini amalga oshirgan.

Qonuniy mexanizmlar yo‘q

O‘zbekiston qonunchiligida manfaatlar to‘qnashuvi va affillanganlik holatlari oldini olish, xususan buyurtmachi va ishtirokchilar o‘rtasida qarindoshlik yoki boshqa aloqalar mavjudligini aniqlash bo‘yicha mexanizmlar mavjud emas.

“Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi qonunda ham manfaatlar to‘qnashuvi va affillanganlik holatlari natijasida davlatga ko‘p miqdorda zarar yetkazilgan bo‘lsa-da, jinoiy javobgarlik belgilanmagan.

Ozodlik ilgari ham bir qancha qurilish loyihalari Toshkent shahar hokimiga aloqador guruhlar asos solgan shirkatlarga tendersiz in’om etilgani haqda xabar bergan.

Karimov maqbarasini qurgan shirkat

1979 - yildan Toshkent qurilish boshqarmasi tizimida bo‘lib kelgan 12-sonli qurilish tresti 1994 - yilda “Trest-12” hissadorlik jamiyatiga aylandi.

Botir Zokirov esa oddiy chilangarlikdan boshqaruv kengashi raisi lavozimigacha ko‘tarildi.

Zokirov 2011 - yilda O‘zbekiston Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi raisi etib tayinlanguniga qadar “Trest-12” boshqaruv raisi bo‘lgan.

1994-2017 - yillar oralig‘ida shirkat Toshkentning ”Yunusobod tumanidagi tennis korti, General Motors qo‘shma korxonasining “Powertrain Uzbekistan” motor ishlab chiqarish zavodi qurilishida bosh pudratchi o‘laroq qatnashgan.

Keyinchalik Toshkentdagi Milliy teatr va Alisher Navoiy nomli milliy kutubxonasini ta’mirlash ishlarini amalga oshirgan.

Toshkentdagi “Minor” masjidi, Vestminster universiteti hamda Singapur Menejment Instituti binolarini ham “Trest-12” qurgan.

O‘zbekistonning marhum prezidenti Islom Karimovning Samarqanddagi maqbarasini qurgan shirkat ham "Trest-12"dir.

Endilikda Mustaqillik maydonidagi ilgari Xalq ta’limi, Madaniyat, Moliya vazirliklari joylashgan ma’muriy binoni rekonstruksiya qilish va u yerga yaqin hududda avtoturargoh qurish ham shu shirkatga berilmoqda.

Kelajakda bu binoda qaysi idora yoki vazirlik o‘rnashishi ma’lum emas.

Ayni paytda “Trest-12” Oliy Majlis binosini rekonstruksiya qilishga tendersiz tanlab olingan. Buning uchun davlat haznasidan 16 milliard so‘m ajratiladi.

“Trast-12” shirkati qurilish loyihalarni amalga oshirishda ishchilarga oyliklar kechikib bergani bilan bog‘liq bir qancha xolatlar haqida Ozodlik ilgari xabar bergan.

Toshkentdagi “G‘alaba bog‘i” qurilishi payti haykaltaroshlar uchun berilishi kerak bo‘lgan qariyb 5 yarim milliard so‘m gonorar puli kechiktirib berilgandi.

Shirkat bu kechikishga koronavirus pandemiyasi bilan bog‘liq moliyaviy qiyinchiliklarni sabab qilib keltirgan.

XS
SM
MD
LG