Линклар

Шошилинч хабар
06 декабр 2024, Тошкент вақти: 13:35

Raisiy bilan vidolashuvda o‘zbek delegatsiyasi ham ishtirok etadi


Eronning marhum prezidenti Ibrohim Raisiy tobutini ko‘tarib ketayotgan faxriy qorovul vakillari, Tabriz, 2024-yil, 21-may
Eronning marhum prezidenti Ibrohim Raisiy tobutini ko‘tarib ketayotgan faxriy qorovul vakillari, Tabriz, 2024-yil, 21-may

Eronning Sharqiy Ozarbayjon viloyati hududidagi aviahalokatda vafot etgan prezident Ibrohim Raisiy bilan 22-may kuni Tehronda o‘tkazilajak vidolashuv marosimida O‘zbekiston delegatsiyasi ham ishtirok etadi.

Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lumotiga ko‘ra, marosimda ishtirok etadigan delegatsiyaga O‘zbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi spikeri Nurdinjon Ismoilov boshchilik qiladi.

Eronda joriy yilning 19-may kuni vertolyot qulashi chog‘ida prezident Raisiy va uning sakkiz nafar hamrohining nobud bo‘lishi ortidan e’lon qilingan besh kunlik motam tadbirlari davom etmoqda.

Aviahalokat qurbonlari jasadlari solingan tobutlar 21-may kuni Tabrizdan poytaxt Tehronga olib kelingan. Chorshanba kuni bu yerda marhum Raisiy va hamrohlari bilan vidolashuv marosimi o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan. Tehrondan so‘ng jasadlar shia mazhabidagi musulmonlar uchun muqaddas hisoblangan Qum shahriga, keyin esa Raisiyning tug‘ilgan shahri bo‘lmish Mashhadga olib ketilishi aytilgan.

Avvalroq Eron vitse-prezidenti Muhsin Mansuriy marhum prezident Ibrohim Raisiy 23-may kuni Mashhad shahrida dafn etilishini ma’lum qilgan edi.

XS
SM
MD
LG