Линклар

Шошилинч хабар
15 октябр 2024, Тошкент вақти: 04:49

Raqobat qo‘mitasi “Korzinka”ga qarshi ish qo‘zg‘atdi


Arxiv surati
Arxiv surati

Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi Anglesly food mas’uliyati cheklangan jamiyatiga (“Korzinka” supermarketlar tarmog‘i) nisbatan ish qo‘zg‘atgan.

Qo‘mita iddaosicha, “Korzinka” supermarketlar tarmog‘i tomonidan turli xil usullarda tarqatilayotgan reklama axborotida “Kundalik xaridlarga eng arzon narx”, “Eng arzon narx - Korzinkada”, "...Eng unumlisiga keling!" degan reklamasida foydalanuvchilarni chalg‘itadigan yoki chalg‘itishi mumkin bo‘lgan so‘z jumlalaridan foydalanilgan.

Mazkur reklama axborotida qayd etilgan ma’lumotlarni o‘rganish natijasida aksiya doirasida kundalik ehtiyojlar uchun kerak bo‘ladigan ma’lum bir miqdordagi mahsulotlardan iborat bo‘lgan katalog joriy qilinganligi ma’lum bo‘ldi”, deyilgan qo‘mita xabarnomasida ushbu katalogga kiritilgan mahsulotlarning narxlari turli supermarketlar tarmog‘i hamda dehqon bozorlardagi xuddi shunday mahsulotlarning narxlari bo‘yicha o‘tkazilgan monitoringlar natijasiga ko‘ra solishtirilganligi hamda taqqoslash uchun har bir tovarning alohida emas, balki savatning (katalogning) umumiy narxi olingani aniqlanganini qo‘shimcha qilingan.

Qo‘mitaga ko‘ra, Anglesly food MCHJ tomonidan “eng arzon narx” deb e’lon qilingan mahsulotlarning alohida turlari bo‘yicha narxlari boshqa supermarketlar va dehqon bozorlarida sotilayotgan xuddi shu turdagi mahsulotlar narxlaridan farq qilmasligi kuzatilgan.

Reklamani bunday ko‘rinishda bo‘lishi reklamadan foydalanuvchilarni chalg‘ituvchi yoki chalg‘itishga olib keluvchi holat deyilishi mumkin”, deyilgan xabarnomada shundan kelib chiqqan holda mazkur MCHJga nisbatan “Reklama to‘g‘risida”gi qonunning 16-moddasi birinchi qismi va “Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunning 6-moddasi birinchi qismi talablari buzilishi alomatlari yuzasidan belgilangan tartibda ish qo‘zg‘atilgani bildirilgan.

Avvalroq Ozodlik Raqobat qo‘mitasi tomonidan O‘zbekistonda narx-navo manipulyatsiyasida gumonlanayotgan Lukoil Overseas Supply and Trading Ltd shirkatiga (Rossiyadagi mashhur “Lukoyl” kompaniyasining shu’ba korxonasi) nisbatan ish qo‘zg‘atilgani haqida xabar qilgan edi.

XS
SM
MD
LG