Линклар

Шошилинч хабар
06 декабр 2025, Тошкент вақти: 09:11

Rasmiy Toshkent Yaqin Sharqdagi vaziyat yuzasidan xavotirda


Isroil-Livan chegarasida SAXAL (Isroil armiyasi) va "Hizbulloh" guruhi o‘rtasida kechayotgan janglardan lavha, 2024-yil 3-oktyabri (Reuters fotosi)
Isroil-Livan chegarasida SAXAL (Isroil armiyasi) va "Hizbulloh" guruhi o‘rtasida kechayotgan janglardan lavha, 2024-yil 3-oktyabri (Reuters fotosi)

O‘zbekiston Yaqin Sharqdagi vaziyat shiddat bilan keskinlashayotganidan chuqur xavotirda. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi tomonidan 3-oktyabr kuni tarqatilgan bayonotda aytilgan.

Tanglik darajasining yanada ortishi keng mintaqada xavfsizlikka nisbatan bo‘lgan xatar va tahdidlarning misli ko‘rilmagan darajada kuchayishiga va butun xalqaro hamjamiyat uchun oldindan aytib bo‘lmaydigan oqibatlarga olib kelishi mumkin, deb hisoblaymiz”, deyilgan TIV bayonotida O‘zbekiston qarama-qarshi tomonlarni vazminlikka va keskinlikning yanada kuchayishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan harakatlardan tiyilishga chaqirishi qayd etilgan.

Bayonotga muvofiq, O‘zbekiston tomoni mojaroni xalqaro normalar va BMT Xavfsizlik Kengashining qarorlariga muvofiq tinch yo‘l bilan hal etish uchun shoshilinch choralar ko‘rish zarurligini ta’kidlagan.

Yaqin Sharq mintaqasidagi vaziyat kuni kecha Eron tomonidan Isroilga qarshi uyushtirilgan raketa hujumi hamda Isroilning Livan janubida harbiy amaliyot boshlashi ortidan yanada taranglashib ketgan. Undan avval Isroil aviatsiyasi tomonidan berilgan havo zarbalari oqibatida Livandagi “Hizbulloh” guruhi lideri Hasan Nasrulloh o‘ldirilgan edi.

Mazkur radikal guruh AQSHda terror tashkiloti deb tan olingan. Yevropa Ittifoqi esa “Hizbulloh”ning faqat qurolli qanotini terror tashkiloti deb biladi, deputatlari Livan parlamentida o‘tirgan “Hizbulloh” partiyasi esa, YI fikricha, terror tashkiloti emas.

XS
SM
MD
LG