Линклар

Шошилинч хабар
26 апрел 2024, Тошкент вақти: 09:45

Respublikachi Gingrich AQShga prezident bo‘lmoqchi


AQSh Kongresi namoyondalar palatasi sobiq spikeri Nyut Gingrich.
AQSh Kongresi namoyondalar palatasi sobiq spikeri Nyut Gingrich.
Taniqli respublikachi¸ AQSh Kongresi namoyondalar palatasi sobiq spikeri Nyut Gingrich chorshanba kuni 2012 yilgi AQSh prezidenti saylovida o‘z nomzodini qo‘yajagini bildirdi.

Nyut Gingrich prezidentlik poygasida ishtirok qilish niyatini ijtimoiy tarmoqlarda va xususan, YouTube tarmog‘ida videomurojaat shaklida yoyinladi.

67 yoshli Gingrich AQSh prezidentligi uchun nomzodini ilgari surgan ilk taniqli respublikachi bo‘ldi.

Ayni paytda fil timsoli ostida birlashgan AQSh respublikachilar partiyasidan Barak Obamaga munosib nomzod bo‘ladigan 3 kishi aytilayotgan edi. Bular Massachusets sobiq hokimi Mitt Romni, AQSh vitse-prezidentligi uchun o‘tgan saylovda nomzodini qo‘ygan Sara Peylin va multimillioner Donald Tramplardir.
XS
SM
MD
LG