Линклар

Шошилинч хабар
27 июл 2024, Тошкент вақти: 07:19

RFE/RL va Qozog‘iston TIV jurnalistlar akkreditatsiyasi bo‘yicha mediativ kelishuvga erishdi


Ozod Yevropa/Ozodlik radiosining Pragadagi qarorgohi
Ozod Yevropa/Ozodlik radiosining Pragadagi qarorgohi

Ozod Yevropa/Ozodlik radiosi (RFE/RL) mediakorporatsiyasi Qozog‘iston Tashqi ishlar vazirligi bilan Ozodlik qozoq xizmati jurnalistlarining akkreditatsiyasi bilan bog‘liq vaziyatni hal qilishga qaratilgan mediativ kelishuvga erishdi.

Biz Tashqi ishlar vazirligi bilan erishilgan mazkur kelishuvni olqishlaymiz”, deyilgan RFE/RL mediakorporatsiyasi prezidenti va bosh ijrochi direktori Stiven Kapus bayonotida.

Butun bu jarayon davomida biz istagan yagona narsa — jurnalistlarimiz Qozog‘istonda o‘zlarining muhim bo‘lgan faoliyatlarini xavfsiz, yon berishlarsiz davom ettira olishi bo‘lgan. Biz avvalgidek o‘z auditoriyamizga mustaqil, ishonchga sazovor reportajlarni taqdim etishga intilamiz va aminmanki, bu kelishuv aynan shu ishni amalga oshirishimizga imkon beradi”, deya bildirgan Stiven Kapus.

2024-yilning yanvar oyida Qozog‘iston Tashqi ishlar vazirligi Ozodlikning qozoq xizmatida (“Azattiq” radiosi) ishlaydigan 36 nafar jurnalistga akkreditatsiya berishni rad qilgan edi. “Azattiq”da ishlaydigan ayrim muxbirlar akkreditatsiyasi 2022-yil oxiridan buyon uzaytirilmay kelinayotgan, shu munosabat bilan Ozodlikning qozoq xizmati da’vo arizasi bilan sudga murojaat qilgan edi.

XS
SM
MD
LG