Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 08:52

Rossiya bo‘ylab Navalniy himoyasiga namoyishlar bo‘lib o‘tmoqda


Namoyishlar arafasida politsiya Navalniy tarafdorlarini hibsga olgan, uylarning uylarida tintuv o‘tkazgan.
Namoyishlar arafasida politsiya Navalniy tarafdorlarini hibsga olgan, uylarning uylarida tintuv o‘tkazgan.

Aleksey Navalniy 31 - martdan buyon Vladimir viloyatidagi IK-2 koloniyasida mustaqil tibbiy ko‘rik o‘tkazish talabi bilan ochlik aksiyasini o‘tkazmoqda. U badanidagi og‘riqlardan shikoyat qilgan. Navalniyni davolayotgan shifokorlarga ko‘ra, uning holati hayotiga tahdid soladigan darajada yomon. Navalniyning o‘zi advokati orqali Instagramda e’lon qilgan postida "Kamerada skelet qaltirab yurgani"ni aytgan.

  • Rossiyadagi 70 dan ortiq xayriya tashkilotlari Navalniyga shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatish haqidagi murojaatni imzolashdi.
  • 100ga yaqin odam Navalniy bilan birdamlik belgisi sifatida ochlik e’lon qilgan. Jahondagi ko‘plab siyosatchilar, madaniyat arboblari, jumladan Nobel mukofoti sohiblari va Gollivud yulduzlari Navalniy himoyasiga chiqishgan. Ular Putindan muxolifatchiga shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatilishini so‘rashmoqda.
  • Navalniy tarafdorlari 21 - aprel kuni Rossiya bo‘ylab uning himoyasiga namoyishlar o‘tkazilishini e’lon qilishgan.
  • Shu kuni prezident Vladimir Putin Rossiya parlamentining yuqori palatasi bo‘lgan Federal Kengashga an’anaviy murojaat bilan chiqmoqda. Bu uning prezidentligi davridagi 17 - murojaatidir.

21 - aprel kuni Rossiya shaharlarida muxolifatchi Aleksey Navalniy himoyasiga norozilik aksiyalari bo‘lib o‘tmoqda.

Petropavlovsk-Kamchatskda boshlangan aksiyada 40 ga yaqin mahalliy aholi vakillari to‘plangan. Aksiya qatnashchilari oldiga politsiya xodimari kelgan, ammo ular bilan muloqot tinch o‘tgani xabar qilinmoqda.

Magadandagi Navalniy tarafdorlarining namoyishida esa kamida 8 odamning hibsga olingani xabar qilinmoqda.

Namoyishlar Janubiy Saxalin va Xabarovsk shaharlarida ham o‘tmoqda. Vladivostokda mahaliy aholi vakillari shaharning bosh maydonida bir kishilik piketlar o‘tkazishmoqda. "Sibir.Realii" nashri muxbiri namoyishchilar soni 100 kishi ekanini aytmoqda.

Xabarovskda boshlangan mitingda namoyishchilar "Navalniyga vrach bering!" degan shiorni ko‘tarishgan. Aksar namoyishchilar Lenin maydonida to‘plangani xabar qilinmoqda. Aksiya bir necha bor shaharning turli joylariga ko‘chirilgan.

Namoyishlar arafasida politsiya Navalniy tarafdorlarini hibsga olgan, uylarning uylarida tintuv o‘tkazgan.

21 - aprel kuni ertalabdan Rossiyaning qator shaharlarida faollar va jurnalistlar qo‘lga olinib, ularning uylarida tintuv o‘tkazilmoqda. Aleksey Navalniy tarafdorlari bugun yirik shaharlarda uni qo‘llab-quvvatlab norozilik namoyishiga chiqishni rejalashtirgan.

Shifokorlarga ko‘ra, Navalniyning sog‘ligi hayotiga tahdid soladigan darajada yomonlashgan.
Shifokorlarga ko‘ra, Navalniyning sog‘ligi hayotiga tahdid soladigan darajada yomonlashgan.

Moskva hukumati poytaxtda ommaviy tadbirlarga qo‘yilgan cheklovlar bois Navalniy tarafdorlarining Manej maydonida 100 ming kishilik miting o‘tkazishga ruxsat berish haqidagi so‘rovini rad etgan.

21 - aprel kuni ertalab Moskvada “Avtozavodskaya” metro bekati yonida muxolifatchining safdoshi Lyubov Sobol hibsga olindi. Bu haqda tvitterda uning advokati Vladimir Voronin ma’lum qildi. Uning aytishicha, politsiyachilar uni taksidan “sug‘urib olib”, Donskaya tumani IIBga eltishgan va ayni paytda mikroavtobus ichida saqlab turishibdi.

Navalniyning matbuot kotibasi Kira Yarmish ham Moskvada, o‘z uyi yaqinida qo‘lga olingan. Advokati Veronika Polyakovaga ko‘ra, voqea Yarmish tergovchi tomonidan ruxsat etilgan soat 10 dan 11 gacha vaqt oralig‘ida ko‘chaga chiqqan chog‘ida yuz bergan.

Sobol va Yarmish yanvar oyida Aleksey Navalniyni qo‘llab-quvvatlash maqsadida o‘tkazilgan norozilik namoyishlaridan so‘ng “sanitariya ishi” bo‘yicha tergovga tortilgan. Ularni sanitariya-epidemiologiya qoidalarini buzishga qasd qilishda ayblashmoqda.

Sankt-Peterburgda politsiya kamida olti faolning uyida tintuv o‘tkazdi. Ular orasida “Vesna” harakati koordinatorlari Yevgeniy Zateyev hamda Valentin Xoroshin ham bor. “Norozilik apologiyasi” loyihasi ma’umotiga ko‘ra, tintuvlar yanvar oyidagi namoyishlar chog‘ida yo‘llar yopib qo‘yilgani bo‘yicha ochilgan jinoyat ishi bilan bog‘liq. Faollarning mazkur ishdagi protsessual maqomi hozircha noma’lum.

“YaGrajdanin” platformasi muharriri Aleksandr Babushkinning uyida ham tintuv o‘tkazilgan. Bu vaqtda u ishda bo‘lgan, uyda qarindoshlari qolgan. Babushkinning noutbuki musodara qilinib, o‘zi so‘roqqa chaqirilgani aytilmoqda.

“Fontanka” muxbiri va “Rotonda” telegram-kanali mualliflaridan biri Kseniya Klochkovanikiga politsiya Navalniyning Peterburgdagi shtabi xodimi Denis Kabakovni izlab kelgan, u ilgari shu kvartirada yashagan ekan.

Navalniyning Peterburgdagi shtabi faollaridan Ilya Gantvarg esa uyi ikki marta tintuv qilingani haqida xabar bergan.

“O‘qituvchilar alyansi”ning Peterburg bo‘linmasi yetakchisi Daniil Kenning ui tintilib, o‘zi politsiya mahkamasiga olib ketilgan.

Moskvada politsiya SOTA nashri jurnalisti Sergey Kuokning uyiga kelib, uni 21 - aprelga belgilangan mitingda ishtirok etishning huquqiy oqibatlaridan ogohlantirgan.

Kurgan shahrida Navalniyning mahalliy shtabi xodimasi Sofya Lopatinani hibs qilishdi. Shuningdek, yaqinda qo‘lga olingan ushbu shab koordinatori Aleksey Shvartsning qiz o‘rtog‘i Darya Levkinani ham.

Nijniy Novgorodda Roman Timchenko qo‘lga olingan. “OVD-Info” ma’lum qilishicha, bunga 21 - aprel aksiyalari haqida “Vkontakte” tarmog‘ida xabar qoldirgani asos qilib ko‘rsatilgan.

Rostov-Donda politsiya Navalniy shtabi faollari — Vadim Kobzev hamda Yekaterina Vereshchaginani qo‘lga olgan.

Irkutskda, miting boshlanishidan ancha avval politsiya sar qilib yurgan mahalliy faol Vyacheslav Vorobeyni hibsga olgan. U, umumrossiya norozilik namoyishlari e’lon qilinishidan oldin ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilgan videosi tufayli mitinglar tashkil qilishda ayblanishi mumkinligi aytilmoqda. Videoyozuvda Vorobey odamlarni Navalniyni qo‘llab-quvvatlash uchun ko‘chaga chiqishga chorlaydi.

Krasnoyarskda yashovchi Aleksandra Pisman 20 - aprel kuni kechqurun politsiya tomonidan qo‘lga olinganidan beri u bilan aloqa uzilgan, deb xabar bermoqda “OVD-Info”. Faol o‘zining “Feysbuk”dagi sahifasiga “Politsiyaga olib borishdi. Ekstremistik bir baloni yopishtirishmoqchi. Ertangi aksiya haqida yozganim uchun. Boshlandi”, deb xabar qoldirishga ulgurgan.

Navalniy tarafdorlari, 31 - martdan beri qamoqxonada ochlik saqlab kelayotgan siyosatchini qo‘llab-quvvatlab umumrossiya namoyishini e’lon qilishgan. Navalniy, uning huzuriga mustaqil vrach kiritilishiga erishmoqchi. Avvalroq uning vrachlari, Navalniyning salomatligi tezda puturdan ketayotganini aytishgandi.

Rossiya Bosh prokuraturasi va IIV fuqarolarni ommaviy tartibsizliklar to‘g‘risidagi jinoiy modda bilan tahdid qilib, ruxsat etilmagan mitinglarda qatnashishdan qaytarmoqda.

XS
SM
MD
LG