Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 13:01

Rossiya IIV migrantlar uchun yagona raqamli shaxsiy ma’lumotlar bazasini yaratadi


Rossiya politsiyasi "noqonuniy" migrantlarni hibsga olmoqda - 14 - oktabr, 2013
Rossiya politsiyasi "noqonuniy" migrantlarni hibsga olmoqda - 14 - oktabr, 2013

Rossiya Ichki ishlar vazirligi migrantlarga davlat xizmatlaridan elektron shaklda foydalanish imkonini beradigan yagona axborot platformasini yaratishni rejalashtirmoqda. Bu haqda TASS IIV matbuot xizmatiga asoslanib xabar berdi.

Ma’lumotlar bazasida Rossiyadagi chet elliklarning raqamli profillari saqlanadi. Ularda chet el fuqarosining huquqiy holati, uning biometrik ma’lumotlari, yashash va ish joyi to‘g‘risidagi ma’lumotlar bo‘ladi.

Raqamli profil yordamida chet elliklar davlat xizmatlarini elektron shaklda olishi, mehnat shartnomasi tuzishi, ta’lim olganliklarini tasdiqlashi, soliqlarni to‘lashi va ruxsatnomalarning amal qilish muddati tugayotgani, mamlakatni tark etish zarurligi to‘g‘risidagi axborot byulletenlarini olishi mumkin.

Avvalroq TASS Ichki ishlar vazirligi chet elliklar va ularning ish beruvchilari elektron ro‘yxatdan o‘tishini majburiy qiladigan qonun loyihasini ishlab chiqayotgani haqida xabar bergan edi.

Undan oldin, noyabr oyida vazirlik ruslar va chet elliklar uchun biometrik ma’lumotlarning markazlashtirilgan bankini yaratib, u odamni yuz tasvirlari va barmoq izlari bilan aniqlashga imkon berishini ma’lum qilgandi.

Ichki ishlar vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, 2021 - yil yanvar-fevral oylarida Rossiyada ikki millionga yaqin xorijlik migratsiya ro‘yxatiga olingan, bu o‘tgan yil shu davridagi ko‘rsatkichning yarmini tashkil etadi.

2020 - yilda, IIV ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiyadagi migrantlar soni deyarli yarmiga – olti million uch yuz ming kishiga kamaydi, ilgari mamlakatda o‘rtacha 9 dan 11 milliongacha muhojir bo‘lgan.

XS
SM
MD
LG