Линклар

Шошилинч хабар
04 феврал 2023, Тошкент вақти: 21:18

“Rossiya qulaydi va parchalanadi”. Navalniy sudda so‘nggi so‘zini aytdi


Aleksey Navalniy Lefortovo tuman (Moskva) sudining qamoqxonada o‘tgan sayyor majlisida. 15-mart, 2022

Rossiyalik muxolifatchi Aleksey Navalniy Lefortovo tuman (Moskva) sudining Vladimir viloyatidagi 2-sonli axloq tuzatish koloniyasida o‘tgan navbatdagi sayyor majlisida so‘nggi so‘zini aytdi.

Hukm 22-mart kuni o‘qiladi. Yangi jinoyat ishida muxolifatchi firibgarlik va sudga behurmatlik qilishda ayblanmoqda. Davlat ayblovchisi Navalniyni (avval e’lon qilingan hukmlarni hisobga olgan holda) 13 yilga qattiq tartibli qamoqxonaga jo‘natishni so‘ragan.

“Mediazona” nashrining yozishicha, Navalniy va uning himoyachisi chiqish qilgan paytda sud zalidan translyatsiya uzilib qolgan, shu bois jurnalistlar siyosatchi va uning advokatlari nimalar deyishganini to‘la-to‘kis eshita olmaganlar.

Nashr keyinroq Navalniyning so‘nggi so‘zi matnini e’lon qildi.

Unda siyosatchi o‘ziga qarshi sud jarayonlarini “men va o‘rtoqlarim bilan hukumat o‘rtasidagi muloqot” deb ataydi.

“Ushbu jarayonga kelsak, uning juda katta bir xos jihati bo‘ldi, u burungi barcha jarayonlardan keskin farq qildi. Jarayon sifatida emas, qamoqxonada o‘tkazilayotgani bilan ham emas... Farqli jihati shu bo‘ldiki, u hech kimni qiziqtirgani yo‘q. Urush manzarasida bunaqa narsalar bilan odamlarning ishi bo‘lmasligi tabiiy”, dedi Navalniy.

Siyosatchi fikricha, Rossiya qo‘shinlarining Ukrainaga tajovuzi oqibati “Rossiyaning qulashi va parchalanishi” bo‘ladi. “Quloqqa qo‘rqinchli eshitiladi. Lekin Rossiya-Ukraina urushi degan birikma ham mana shunaqa qo‘rqinchli”, deya ta’kidladi muxolifatchi.

Uning ta’biricha, urushni “bir to‘da miyasi aynigan chol” qo‘zg‘agan bo‘lib, ular “hech kimga va hech nimaga achinishmaydi”.

“Ular uchun vatan bu – Shveysariyadagi hisob raqamlari. Ular vatanparvarlikdan harchand lof urishmasin, bari safsata. Va bu safsata boshimizda ulkan xavfni paydo qildi. Hozirda har bir insonning burchi bu urushga qarshi kurashishdir”, dedi Navalniy.

Navalniy o‘zi qamoqda o‘tirgani bilan Korrupsiyaga qarshi kurashish fondi barham topmasligiga va’da berdi.

“Korrupsiyaga qarshi kurash fondi faoliyatini to‘xtatmaydi, aksincha, u global, xalqaro tashkilotga aylanadi”, deya urg‘uladi u.

"Навальнийга озодлик". Россия шаҳарларида митинглар бўлиб ўтди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:03:29 0:00

XS
SM
MD
LG