Линклар

Шошилинч хабар
23 апрел 2024, Тошкент вақти: 18:47

Rossiya-Ukraina chegarasida vaziyat keskinlashdi. Yangi urush ehtimolidan xavotir kuchaymoqda


Oxirgi kunlarda tahlilchilar Ukraina bilan chegarada Rossiya qo‘shinlari va harbiy texnikasi faollashganiga e’tibor qaratmoqda.
Oxirgi kunlarda tahlilchilar Ukraina bilan chegarada Rossiya qo‘shinlari va harbiy texnikasi faollashganiga e’tibor qaratmoqda.

Ukraina sharqidagi ziddiyat hududida keskinlik tobora kuchayib borayotgani haqida xabarlar kelmoqda. Payshanba kuni Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy jabha chizig‘ida bo‘lgan. Prezident matbuot xizmati Zelenskiy "o‘t ochishni to‘xtatish rejimi eng ko‘p buzilgan mudofaa chizig‘ining oldingi mavqeyida" bo‘lgani haqida xabar berdi.

Shu kuni Kremlning Ukraina bilan munosabatlar uchun mas’ul mulozimi Dmitriy Kozak jangovar harakatlarning boshlanishi "Kiev uchun oxirning boshlanishi" bo‘lishi haqida ogohlantirdi. Moskvadagi ekspertlar bilan uchrashuv chog‘ida Kozak Kreml rasman Ukrainaning ichki ziddiyati deb hisoblaydigan urushga Moskvaning to‘g‘ridan-to‘g‘ri aralashuvi ehtimolini istisno qilmadi. Moskva Donbassdagi urushda Kiyevni ayblab keladi. Ukraina esa Rossiyani yangi agressiyaga tayyorgarlik ko‘rayotganlikda ayblamoqda.

Ayni paytda Qo‘shma Shtatlar Ukrainaga dastak belgisi sifatida Qora dengizga o‘z harbiy kemasini yo‘llash masalasini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda SNN telekanali Pentagondagi manbalarga tayanib xabar berdi.

Pentagon vakilining so‘zlariga ko‘ra, AQSh harbiy kemalari hozirning o‘zida Qora dengizda mavjud, qo‘shimcha kemalarning yuborilishi esa "Moskva uchun alohida signal bo‘ladi".

  • Oxirgi kunlarda tahlilchilar va G‘arb davlatlari rasmiylari Ukraina bilan chegarada Rossiya qo‘shinlari sonining ko‘paygani va harbiy texnikasining faollashganiga e’tibor qaratmoqda. Rus qo‘shinlari doimiy dislokatsiya qilingan bazalardan harbiy lagerlarga yurishni boshlagan. Shunday lagerlardan biri Conflict Intelligence Team guruhining bildirishicha, Ukraina chegarasidan taqriban 250 kilometr uzoqlikda joylashgan.
  • Kiyev rasmiylari Rossiya Ukraina sharqidagi "DNR" va "LNR" deb atalgan moskvaparast bo‘lginchilarni dastaklash bahonasida Ukrainaga bostirib kirishga hozirlik ko‘rayotgan bo‘lishi mumkinligidan xavotir bildirmoqda. Moskva o‘z harbiylari o‘quv mashg‘ulotlari doirasida harakatlanayotganini aytib, bu o‘zining ichki ishi ekanini urg‘ulamoqda. Ayni paytda Kreml rasmiylari Ukraina Donbassga hujum uyushtirishi mumkinligini da’vo qilib, bu holatda Moskva qat’iy javob qaytarishi haqida ogohlantirdi.

Ukrainaning Rossiya ikki mamlakat chegarasida harbiy qo‘shinlari sonini ko‘paytirayotgani to‘g‘risidagi iddaolari manzarasida Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Kiyevni Ukraina sharqida «yangi urush» boshlash urinishlari oqibatlari haqida ogohlantirdi.

Keyingi kunlarda Ukraina sharqida Kiyev kuchlari va Rossiya dastaklayotgan bo‘lginchilar o‘rtasidagi uzoq yillik mojaro avj oldi.

Kiyev bo‘lginchilar o‘tgan yilning iyul oyida imzolangan «sulhni muntazam ravishda buzmoqda» deb da’vo qilmoqda. Ukraina, shuningdek, Rossiyani chegaraga yaqin hududga o‘z harbiy qo‘shinlarini safarbar qilishda aybladi. Kreml esa bu ayblovni rad etdi.

1 - aprel kuni Ukraina tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kuleba Twitter platformasida Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (YeXHT) bosh kotibi Xelga Shmid bilan «Rossiyaning Ukraina sharqi va Qrimda xavfsizlik vaziyatini muntazam ravishda keskinlashtirayotgani to‘g‘risida» suhbatlashgani haqida yozdi.

U, shuningdek, joriy haftada YeXHTning Ukrainadagi maxsus kuzatuv missiyasi yana bir yilga uzaytirilganini olqishladi. Vazir tashkilot «Rossiya harakatlarini diqqat bilan kuzatib borishi kerakligini» qo‘shimcha qildi.

O‘sha kuni «Perviy kanal» telekanalida efirga uzatilgan intervyuda Lavrov Rossiya prezidenti Vladimir Putinning «Donbassda yangi urush boshlashga urinayotganlar xarob bo‘ladi», degan gaplarini eslatdi.

Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov esa Rossiya «o‘z hududida qo‘shinlarni o‘z xohishiga ko‘ra ko‘chirmoqda va bu hech kimni tashvishlantirmasligi kerak», - dedi.

Lavrov va Peskov sharhlari ortidan AQSh Davlat departamenti matbuot kotibi Ned Prays Moskvani Ukrainani «qo‘rqitmaslikka» chorladi.

«Biz so‘nggi paytda Rossiyaning Ukraina sharqidagi tajovuzkor va provokatsion harakatlari avj olayotganidan qattiq xavotirdamiz», - dedi jurnalistlar oldida so‘zlagan Prays.

Rossiya Qrimni 2014 - yilda o‘tkazilgan referendum natijalariga ko‘ra anneksiya qilib olgan. Referendumdan oldin Rossiya o‘z qo‘shinlarini yarimorolga kiritgan edi.

O‘shandan buyon Ukraina sharqida ayirmachilar bilan Kiyev kuchlari o‘rtasida harbiy to‘qnashuvlar davom etmoqda. Moskva ko‘p sonli isbot-dalillarga qaramasdan, Ukraina sharqida ayirmachilarni dastaklayotganini inkor etib keladi.

YeXHTning Ukrainadagi missiyasi keyingi kunlarda Donetsk va Luganskda tinchlik sulhi yuzlab marta buzilganini bildirdi. To‘qnashuvlarda bugunga qadar 13 mingdan oshiq odam nobud bo‘lgan.

26 - mart kuni Ukraina harbiy kuchlari Donetskda sodir bo‘lgan otishmada to‘rt nafar ukrainalik askar halok bo‘lgani, yana ikki kishi yaralanganini ma’lum qildi. AFP agentligining xabar berishicha, bu bilan 19 - dekabrdan beri halok bo‘lgan ukrainalik harbiylar soni 19 kishiga yetgan.

Ukraina Bosh shtabi boshlig‘i Ruslan Xomchak 30 - mart kuni Moskvani «strategik mashg‘ulotlarga tayyorgarlik niqobi ostida» Ukraina – Rossiya chegarasi yaqinida harbiy qo‘shinlari sonini oshirishda aybladi.

Ukraina armiyasi boshlig‘i «Amerika Ovozi» nashriga bergan intervyusida Donetsk va Luganskda shusiz ham Rossiyaning doimiy qo‘shinlari ko‘magi bilan joylashtirilgan jangovar brigadalar, polklar va ta’minot bo‘linmalarida minglab qo‘shinlar borligini aytdi.

Xomchak Ukraina parlamentida so‘zlagan nutqi davomida Rossiya o‘z harbiy kuchlarini chegara hududiga yuborayotganini aytgan edi.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin 30 - mart kuni Fransiya prezidenti Emmanuel Makron va Germaniya kansleri Angela Merkel bilan o‘tkazilgan videoanjuman davomida Kiev ayblovlariga javob qaytargan.

Kreml bayonotiga ko‘ra, Putin Ukrainadagi tanglik uchun Kiyevni ayblagan va Ukrainani mahalliy bo‘lginchi kuchlar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotga chaqirgan.

Fransiya prezidenti ma’muriyati e’lon qilgan bayonotda aytilishicha, anjuman davomida Makron va Merkel Putinni eskalatsiya oldini olish uchun chora ko‘rishga undagan.

XS
SM
MD
LG