Линклар

Шошилинч хабар
04 октябр 2024, Тошкент вақти: 15:53

Rossiyada migrantlar huquqlarini keskin cheklovchi qonun loyihalari qabul qilindi


Illyustrativ surat
Illyustrativ surat

Davlat dumasi 23-iyul kuni o‘tkazilgan yalpi majlis chog‘ida Rossiyada migratsiya nazoratini kuchaytiruvchi qonun loyihalari paketini qabul qildi.

Unga ko‘ra, politsiyachilarga xorijliklarni mamlakatdan badarg‘a qilish haqida qaror chiqarishga ruxsat berilgan, ular uchun migrantlar huquqlarini keskin cheklovchi maxsus “mamlakatdan chiqarib yuborish rejimi” joriy yilingan.

Shuningdek, Rossiyada yashash ruxsatnomasiz yoki vizasiz yurishning maksimal muddati 180 kundan 90 kunga qisqartirilgan.

Qonun loyihalari qabul qilinguniga qadar xorijliklarni mamlakatdan badarg‘a qilish haqidagi qarorni faqat sudlar va chegara xizmatlari qabul qila olar edi. Rossiyada qonuniy asossiz yurgan yoki jinoyat sodir etganlikda ayblangan xorijliklar uchun maxsus huquqiy tartib joriy qilinmoqda.

“Mamlakatdan chiqarib yuborish rejimi”da bo‘lgan xorijliklarga bank hisobraqamlari va biznes ochish, avtomobil boshqarish, nikohni rasmiylashtirish, boshqa hududga ko‘chib o‘tish taqiqlandi. Endilikda ular yashab turgan joyga politsiya ordersiz ham kelishi mumkin. Migrantlar ortidan suddan sanksiya olmay turib ham texnik nazorat vositalaridan foydalangan holda kuzatuv olib borishga ruxsat etilgan. Bu sanksiyalarning hammasi, qonunda qayd etilishicha, hatto mamlakatdan chiqarib yuborish qarori yuzasidan sud ketayotgan paytda ham amalda bo‘lishi mumkin.

Qonun loyihalari Rossiya Davlat dumasiga Moskva viloyatidagi “Krokus Siti Xoll” savdo markaziga hujum ortidan kiritilgan. Mazkur hujumda, rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, 145 kishi halok bo‘lib, 500 dan ziyod odam yaralagan. Rossiya rasmiylari teraktda Markaziy Osiyo mamlakatlari fuqarolarini ayblab chiqishgan.

“Krokus”ga hujumdan so‘ng Rossiyada rasmiylarning migrantlarga qarshi munosabati keskin salbiy tomonga o‘zgargan. Markaziy Osiyodagi bir necha mamlakat rasmiylari o‘z fuqarolariga Rossiyaga bormay turishni tavsiya qilishgan.

XS
SM
MD
LG