Линклар

Шошилинч хабар
09 октябр 2024, Тошкент вақти: 20:06

Rossiyada o‘zbekistonlik ayol xususiy klinikaga murojaati ortidan vafot etdi


Illyustrativ surat
Illyustrativ surat

Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan ayol xususiy klinikadagi muolaja ortidan vafot etgan. Bu haqda 78.ru xabar qildi.

Xabarga muvofiq, 3-sentyabr kuni 53 yoshli ayol Frunze tumanining Bela Kun ko‘chasida joylashgan tibbiy markazga murojaat qilgan. Belidagi kuchli og‘riqdan shikoyat qilgan ayol sanchiqdan xalos bo‘lish uchun vrachlardan nish urib, “blokada” qilib qo‘yishni so‘ragan.

Nashr qaydicha, vrach ukol qilib-qilmagani hozircha ma’lum emas, biroq protsedura risoladagidek ketmagani aniq.

Shundan so‘ng ayol og‘ir ahvolda Peterburgdagi kasalxonalardan biriga yetkazilgan, ammo ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramay, o‘sha yerda jon bergan.

Holatga oid tafsilotlar o‘rganilmoqda.

XS
SM
MD
LG