Линклар

Шошилинч хабар
30 апрел 2025, Тошкент вақти: 09:11

Rossiyada qullikda bo‘lgan jizzaxlik ayol O‘zbekistonga qaytarildi


Illyustrativ surat
Illyustrativ surat

Rossiyada besh oy mobaynida qullikda saqlangan jizzaxlik ayol asoratdan qutulib, vataniga qaytishga muvaffaq bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekiston ombudsmani matbuot xizmati ma’lumot tarqatdi.

Qayd etilishicha, Rossiyada qullikka tushib qolgan ayolni O‘zbekistonga qaytarish bo‘yicha sa’y-harakatlar fuqaro F.L. tomonidan ombudsmanning Jizzax viloyatidagi mintaqaviy vakiliga yordam so‘rab murojaat qilgani ortidan boshlangan.

Murojaatchi F. L. o‘z singlisi F. S. 2024-yilning yanvar oyida fuqaro D. O. tomonidan aldov yo‘li bilan Rossiyaga ishlash uchun olib ketilgani, uning pasporti ro‘yxatga qo‘yish vaji bilan olib qo‘yilib, 5 oy davomida katta dalada majburlab ishlatilganini bildirgan.

Pirovardida asoratda saqlangan jizzaxlik ayol Samara shahriga qochishga muvaffaq bo‘lgan, ammo O‘zbekistonga qaytib kelishga imkon topolmagan.

Ombudsman xabarnomasida Respublika “Istiqbolli avlod” NNT Jizzax viloyat bo‘limi bilan hamkorlikda ko‘rilgan chora-tadbirlar ortidan “fuqaro F.S. joriy yilning 27- iyul kuni O‘zbekistonga qaytarib olib kelingani”, “hozirda u oilasi bag‘rida” ekani qo‘shimcha qilingan.

XS
SM
MD
LG