Линклар

Шошилинч хабар
30 апрел 2025, Тошкент вақти: 08:20

Rossiyada vasiysiz qolgan 17 nafar bola O‘zbekistonga qaytarildi


Illyustrativ surat
Illyustrativ surat

Rossiya hududida qonuniy vakillari (ota-onalari) bo‘lmagan 17 nafar voyaga yetmagan bola 16-aprel kuni O‘zbekistonga qaytarilgan.

“Dunyo” axborot agentligining yozishicha, bu ish O‘zbekistonning Moskvadagi elchixonasi tomonidan prezident huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi hamda Ichki ishlar va Sog‘liqni saqlash vazirliklari vakillari bilan birgalikda amalga oshirilgan.

Xabarda vataniga qaytarilgan bolalar Rossiyaga qanday borib qolganiga, agar ular bu mamlakatga ota-onalari bilan kelgan bo‘lsalar, ularning qonuniy vakillariga nima bo‘lganiga aniqlik kiritilgan emas. Ammo Ijtimoiy himoya milliy agentligi xabarnomasidan kelib chiqilsa, bu bolalarning ota-onalari Rossiya Federatsiyasidan deportatsiya qilingani va ularga Rossiya hududiga kirish taqiqlanganini taxmin qilish mumkin.

Moskvadagi elchixona bu bolalarga O‘zbekistonga qaytish uchun bepul sertifikatlar taqdim qilgani aytilmoqda.

Xabarda O‘zbekistonga qaytgan voyaga yetmagan bolalarning barchasi vasiylik qilinishi uchun yaqin qarindoshlariga yoki mamlakatdagi maxsus bolalar muassasalariga topshirilishi qo‘shimcha qilingan.

XS
SM
MD
LG